"Manchester Yunayted" "Arsenal" yosh forvardi Chido Obi-Martinga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Fabrio Romano.
Xabar qilinishicha, "qizil iblislar" shartnomani imkon qadar tezroq yakunlamoqchi, sababi 16 yoshli Obi-Martinga Premer-liga va Bundesliganing bir qator klublari ham og'iz solgan.
Chido Obi-Martin 2023/24 yilgi mavsum "Arsenal"ning yoshlar jamoasida 26 ta o'yin o'tkazib, 32 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlar