"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Janubiy Koreyaning keyingi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
20 feb 2024
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Stiv Bryus Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin.

"Osiyo yo'lbarslari" 63 yoshli mutaxassisni Yurgen Klinsmannga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Germaniyalik murabbiy o'tgan hafta o'z lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, angliyalikning xizmatlariga Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Stiv Bryusning oxirgi ish joyi "Vest Bromvich" klubi hisoblanadi.



Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: DeadlineDayLive

Izohlar