"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi aniq!

I.J.I
29 oct 2024
Tez orada murabbiy rasman tanishtiriladi.

"Sporting" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borib kelayotgan Ruben Amorim "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyiga aylanadi. MYU murabbiyning portugal klubi bilan shartnomasida ko'rsatilgan 10 mln evro tovon pulini to'laydi va u bilan bitim tuzadi. "Sporting" murabbiyni qo'yib yuborishga rozi bo'lgan. Amorim ham MYU taklifini qabul qildi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano malum qildi.

"Manchester Yunayted" tez orada yangi murabbiyni tanishtiradi.

Eslatib o'tamiz, ingliz klubi "Vest Xem"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Erik ten Xag bilan xayrlashgandi.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: twitter.com/FabrizioRomano

Izohlar

mara muratbekov
30 oct 2024
Yunayted kuchayishi uchun Sitydan Gvardiola, Arsenaldan Arteta ketish kere.
fff
29 oct 2024
Rasman desa ham boladi. Omadini bersin
Ааа Ууу
29 oct 2024
Келса Спортингдан Виктор Дьюкерешни олиб келса керак
Beckham
29 oct 2024
Қўлимиздан севимли клубимизга омад тилашдан бошқа хеч нарса келмайди. Энг мухими сафсатабоз мураббийдан қутулганимизга хурсандман. Ўзи 14 - ўринда кетаётган бўлса хам, биз тўғри йўлдамиз дерди Тен Хаг.
Ulugbek_MYU
29 oct 2024
SAF BOBONI YOʻLINI BERSIN. OMIN