Manchesterda yulduzlar ishtirokida bouling turnir o'tkazildi + FOTO

Tolibjon Qosimov
29 dec 2017
Manchester shahridagi "All Star Lanes" bouling klubida bayramona turnir bo'lib o'tdi.

Unga turli sohalardagi mashxur insonlar taklif etildi, shu jumladan ko'plab futbolchilar ham.


"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi (ayni paytda "Everton") Morgan Shnayderlinning turmush o'rtog'i yakuniy natijalar aks etgan suratni chop etdi. Unga ko'ra, Mika Richards (197 ochko) g'olib bo'ldi. M.Shnayderlin esa 189 ochko bilan ikkinchi bo'ldi. "Man. Siti" darvozaboni Ederson va MYU futbolchisi Eshli Yang bir xil 185 ochkodan to'plashdi.


Yakuniy jadvalga qarab gapga ancha usta bo'lgan futbolchilar Mario Balotelli va Zlatan Ibragimovichlar boulingda ancha "ojiz" ekanliklariga guvoh bo'lamiz. Shuningdek, shou-biznes yulduzlari Dreyk, Rianna va Ledi Gaga, britaniyalik komik aktyor Peddi MakGinesslar boulingda hali havaskor ekanliklarini kuzatish mumkin.


Qo'shiqchi Dreyk.


Bu esa Rianna.



Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: dailymail.co.uk

Izohlar

KANIMEH
30 dec 2017
Болателлихам бор эканми?
Jasur Mominov
29 dec 2017
Футбол дустлик риштаси санат асари деб бекорга айтмас эканда айниқса оилавий булса янада гузаллашар эканда.... офарин урганинглар арақхур кашанда ғийбатчи бир бирини куролмайдиган футболчиларимиз айримлари гап эгасини топади
Toshkent-Siti
29 dec 2017
Adminla qanaqa reklamala joylab tashadila vashe qotb ishlavotiyu Saytga kirsa nmadr qilila ye jonga teydi uje
Akush
29 dec 2017
Спорт ТВда Хамидов vs Абдураимов жамоаси буляпти
SHOH.MAN_UNITED
30 dec 2017
Қойил. Спорт ва санъат одамларни бирлаштиради.