Superligiga qaytgan "Mashal" klubi ganalik 27 yoshli himoyachi Mudasiru Salifu bilan 2025 yilning oxiriga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Mudasiru Salifu faoliyati mobaynida Gana, Moldova va Saudiya Arabistoni mamlakatlarida to'p tepgan. 2021/22 yilgi mavsum "Asante Kotoko" jamoasi bilan Gana Premer-ligasida, 2022/23 yilgi mavsum "Sherif" bilan Moldova Superligasida zafar quchgan.
Salifu 2023/24 yilgi mavsum Saudiya Arabistonining "Al Bukiriya" jamoasi safida 31 o'yinda maydonga tushib, 7 marta ogohlantirilgan. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.
Izohlar