Mbappe bitta o'yinga diskvalifikaciya qilinadi. U "Barselona"ga qarshi maydonga tushishi mumkin

I.J.I
15 apr 2025
Kilian "Atletik" bilan o'ynamaydi.

Kilian Mbappe chetlatilgani uchun La Liganing bir o'yiniga diskvalifikaciya qilinadi.  La Liganing 31-turi doirasida "Alaves"ga qarshi (1:0) o'tkazilgan o'yinning 38-daqiqasida "Real" hujumchisi maydon markazida to'p uchun kurash paytida Antonio Blankoning boldiriga butsasining tag qismi bilan bilan zarba berdi. Bosh hakam Sesar Soto Grado dastlab Mbappega sariq kartochka ko'rsatdi, biroq videotakrorni ko'rgach, qarorini o'zgartirib, francuz futbolchiga qizil kartochka berdi.

COPE jurnalisti Arancha Rodriguezning xabar berishicha, Mbappe bir o'yinga - La Liga doirasida "Atletik"ka qarshi o'tkaziladigan uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi. Agar bu xabar tasdiqlansa, futbolchi "Barselona"ga qarshi "El Klasiko"da maydonga tushishi mumkin bo'ladi.

Avvalroq, Mbappeni ushbu qo'pollik uchun og'irroq jazo kutayotgan bo'lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.






I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: COPE

Izohlar

F.K.N.
16 apr
Умуман четлатмай қўйавермабди. Барса билан ўйинда айнан Мпаббе ўйнаши шарт у йўқ бўлса Барсага қийин бўлади. Мпаббе бўлса йирикроқ ҳисобда ютиш анча осон бўлади Барсага.
Qwerty 007
16 apr
Hali xabar tasdiqlangani yoʻq, xabarda ham yozilgan. Hozirdan shuncha gap soʻz nimaga kerak. Lekin katta ehtimol bilan oldin va bugun aytilganidek 3 ta yoki bitta emas ikkita oʻyinga chetlatilsa kerak, toʻgʻridan-toʻgʻri qizil olsa koʻpincha ikkita oʻyinga chetlatilish oladi.
Jon May
15 apr
Xozi yirtig'lar jirrilab kelishadi nimaga 1ta o'yin kamida 4 ta o'yin xaydash kere deb
Murod Muxammadiyev
15 apr
Ertalab sarlavhani g'alamislik qilib chiqargandilaring endi shu xabar faqat sarlavha va ozroq o'zgarish bor ma'no mantiq bitta Mbappe bitta o'yinga chetlatilgan xolos. Maqsad kimlarnidir urushtirish kommentariya yig'ish. Destkilar
Jon May
15 apr
Real bu CH.A eng asosiy mavzusi xisoblanadi agar Real Madrid xaqida xech qanaqa mavzu chiqmasinda batta xech kim qolmedi