"Men "Manchester Yunayted"ga umuman muxlislik qilmayman" - Roy Kin

Sherzod Nurmatov
13 feb 2025
"Manchester Yunayted" afsonalaridan biri deya etirof etiladigan Roy Kin Gari Nevill bilan suhbat chog'ida manchesterliklarga befarq ekanligini bildirdi.

Roy Kin: "Menda o'ynagan jamoalarimga nisbatan hech qanday his-tuyg'uni his etmayman"

Gari Nevill: "Menimcha, "Manchester Yunayted"ni qo'llab-quvvatlaysan, shunday emasmi?"

Kin: "Manchester Yunayted"ga umuman muxlislik qilmayman. Va men "Nottingem Forest"ni ham qo'llab-quvvatlamayman. Ularning natijalari mening kayfiyatimga tasir qilmaydi"

Nevill: "Seni MYU g'alabasi xursand qilmaydimi?"

Kin: "Ehtimol, xursand qilar, ammo mag'lubiyatlar dam olish kunlarimni buzmaydi"

Nevill: "Bu meni bezovta qilmoqda"

Kin: "Eshit, men Irlandiyada katta bo'lganman. Ha, men ushbu klubda o'ynadim va bundan juda minnatdorman. Ularga qandaydir bog'liqlik joyim bor, ammo qayd etilayotgan natijalar kayfiyatimga tasir qilmaydi. "Forest" va "Seltik" bilan ham xuddi shunday".


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Sky Sports

Izohlar

Aziz Abdullayev
13 feb
Tòĝri qilasan roy achinganingga arzimaydi chunki hamma natijani bukmeykerlar oldindan belgilab berishadi buni senam bilasan
fff
13 feb
Sen muhlislik qilmasang boshqalar muhlislik qilaveradi balkim sen hamdir.... (Natija dilni xira qilayapti lekin befarq bolmaydida chin muhlislar)
Tulkin Alimov
13 feb
Чин муҳлислик фақат терма жамоага ва ватан номидан ўйнаётган клубларга бўлади. Кин ажойиб футболчигина бўлмай, ақлли инсон ҳам экан.
Ulugbek. Manchester United
13 feb
Yidinglar birgalashib MYuni
Sera_M ¥ U
13 feb
manga p***y demoqchida. ochiqchasiga quyganim bor debdi