Argentinalik futbolchi qoqilib, to'pig'idan lat edi. Futbolchi jarohati tufayli mashg'ulotlarni tark etishga majbur bo'ldi.
"Agar bu jiddiy bo'lganida, barcha o'yinchilar hayratda qolishardi. Ular ortiqcha ehtirosga berilishmadi, menimcha, hammasi joyida", – dedi bosh murabbiy Tata Martino.
36 yoshli futbolchi jamoa safida 5 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. Messi "Inter Mayami" tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri.
15 iyul kuni "Inter Mayami" Messining transferi haqida elon qildi. U Amerika klubi bilan 2025 yilning 31 dekabrigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Ertaga, 16 avgust kuni "Inter Mayami" Liga Kubogi yarim finalida "Filadelfiya"ga qarshi bahs olib boradi.
Izohlar