MLS klubi bosh murabbiyi Xerardo Martinoning aytishicha, argentinalik forvard to'pig'idan olgan jarohati tufayli kamida keyingi ikki o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Messi Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o'rtasidagi Amerika kubogi final uchrashuvida (1:0) to'pig'idan jarohat olgan edi.
18 iyul kuni "Inter Mayami" MLSning navbatdagi mavsumi doirasida "Toronto"ni qabul qiladi. 21 iyul kuni esa Florida klubi "Chikago Fayr"ga qarshi bahs olib boradi.
Izohlar