Milliy terma jamoaning Eron va BAAga qarshi uchrashuvlarini kimlar boshqarishi aniq

I.J.I
24 sep 2024
Eron va BAAga qarshi uchrashuvlar uchun hakamlar malum bo'ldi.

O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida 2026-yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Eron va BAA terma jamoalariga qarshi o'yin o'tkazishidan xabaringiz bor.

O'zbekiston – Eron uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jon Elder, VARda esa Jorj King ishlaydi.

Shuningdek, O'zbekiston – BAA uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Jou Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Vang Di, VAR hakami esa Fu Ming.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: ufa.uz

Izohlar

tohir Abidov
24 sep 2024
Термамиз яхши холатда эмас аммо омад тилимиз камида 4-очко ишлаб олишимиз керак А.Хусанов химояга қайтса яхши буларди. Х.Алижонов жарохатдан кейин яхши спорт формасида эмаслиги кишини ажаблантиради
sardor
24 sep 2024
Ким бошкарсаям ютиб берила йигитла, 12 очко котта кадам дегани ЖЧ томонга.
tohir Abidov
24 sep 2024
Жасур Яхшибоев шу уйинларда узини курсатишини кутамиз.
Ulug'bekovich #10
24 sep 2024
Шу келаётган уйинлар МТЖ учун жудаям мухим. Агар шу 2 уйинни хам ютсак 50% вазифа бажарилади. Омад Узбекистон
Murod Muxammadiyev
24 sep 2024
Darvozabon chap o'ng qanot himoyaga stabil o'ynab turgan formada bo'lgan o'yinchilarni chaqirish kerak Sayfiyevni shuncha xizmatlariga rahmat aytib javobini berish kerak. Alijonov formada emas boshqa variantlarni kuzatib termaga chaqirib ko'rish kerak yoshlarga ham imkon bersa bo'ladi bemalol yoshligiyam qolmadi 24-25 ga kirgan ko'pi