Mirjalol Qosimov: "Natijadan qoniqqanim yo'q, barchasini birinchi bo'limda hal qilish kerak edi"

Alisher
3 nov 2024
Superliga 23-tur doirasidagi "Metallurg" - OKMK (1:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Biz uchun chempionat yakuniga yaqinlashgan sari o'yinlar og'ir tus olmoqda. Bugungi bahsda natijadan ham, o'yindan ham qoniqmadim. "Neftchi"ga qarshi o'tkazgan bahsimizning 2-taymidagi o'yinning yarmini ham ko'rmadim. Hammasini birinchi taymda hal qilish kerak edi. Qolaversa, Arixiro ham bir metrdan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etishi kerak edi. Gol urmasang barcha harakatlaring nolga teng. Bizdan pastdagi jamoalar ham ancha yaqinlashib qoldi. Bu esa asabiylikni oshiradi, shu sabab natijadan qoniqqanim yo'q. Bugun derbiga xos o'yin ko'rdik.

- Ikkinchi o'rin uchun imkoniyat qanday deb hisoblaysiz?

- Aytganimdek, o'zimizni og'ir vaziyatga tushirib qo'ymoqdamiz. "So'g'diyona"ga qarshi Jizzaxda ham yomon o'yin ko'rsatmadik, faqatgina so'nggi daqiqalarda standartdan to'p o'tkazib yubordik. "Neftchi"ga qarshi va bugungi o'yinda ham yaxshi o'yin ko'rsatdik, asosiysi vaziyatlardan foydalanish kerak. Nima bo'lgan taqdirda ham oxirigacha kurashamiz. Avvalambor, kombinatimizning 75 yillik bayramiga g'alaba tuhfa etmoqchi edik, ammo doim ham istagan narsamiz ro'y beravermaydi. Ularni bayram bilan tabriklaymiz.

AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Жахонгир-9
4 nov 2024
Турнир жадвалига карасак-ОКМК , Пахтакор, Сугдиёна ўртасида охирги тургача кураш кетар экан.
Elyorbek Mavlonov
3 nov 2024
Hammasi tushunarliku janob Qosimov paxtakorni 2oʻringa olib chiqish missiyasi boshlanduku ahir paxtakor chempionlar ligasida oʻynamasa uyat buladiya shunday emasmi