Mirjalol Qosimov: "Raqibimiz bahsni uch nafar markaziy himoyachi bilan boshlashimizni kutmagan edi"

Абдулвосит Бектемиров
16 mar 2025
Superliga 2-turidan o'rin olgan OKMK - "Paxtakor" (2:0) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi uchrashuvga biroz boshqacha yondashuv bilan maydonga tushgandik, ammo maqsadimiz o'sha-o'sha g'alaba qozonish edi. "Paxtakor"ni yaxshi bilamiz. Mahalliy va legioner futbolchilar aralashgan holda kuchli tarkib yig'ilgan. "Paxtakor" O'zbekistonning eng dominant klublaridan biri. Shu sababli biz o'z uslubimizni o'zgartirishga qaror qildik. "Paxtakor" qanot himoyachilari Adhamzoda va Alijonovlar hujumda ancha faol bo'lishgani tufayli, bugun biz besh nafar himoyachi bilan o'yinni boshladik. Ushbu qarorimiz to'g'ri bo'lib chiqdi va biz qanotlarni to'liq yopa oldik. Kerakli pallada hujumga chiqa oldik ham. Jamoam o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishdi. Muxlislarimizga rahmat. Biz ular uchun o'ynashda davom etamiz" - dedi Mirjalol Qosimov "Paxtakor" mag'lub etilganidan so'ng.

- Ikkinchi bo'limning yarmidan so'ng "Paxtakor" hujumga zo'r berdi. OKMK esa chuqur himoyalanishni boshladi. Ortga yurish va zich himoyalanish ham o'yin rejasining bir qismi edimi yoki raqib bunga majbur qildi?

- Bir narsani unutmaylik. Raqib ham ko'p hujum qildi, shu sababli biz ham hisobni saqlab qolishga harakat qildik. Albatta, bunday o'yinni "ideal" deb bo'lmaydi. O'zingiz bilasiz, men har doim to'rt nafar himoyachi bilan va kombinacion futbol o'ynashga harakat qilaman. Bahsni uch nafar markaziy himoyachi bilan boshlashimizni raqib kutmagan edi, nazarimda. Futbolchilarim yaxshi harakat qildi, lekin kamchiliklar ham bor. Ular ustida ishlashimiz kerak, xatolarni o'n kunda to'g'rilashning iloji yo'q. O'yin davomida sxema har doim o'zgarib boradi. Futbolchilar buni sezishi va o'yin davomida bunga moslashishi kerak.

- OKMK dastlabki ikki uchrashuvda 100% foizlik natija qayd etdi. Oldinda esa FIFA kunlari bor. O'rtadagi tanaffus o'yindagi kamchiliklarni to'g'rilab olish uchun foydali bo'ladimi yoki aksincha, jamoa zarariga ishlashi mumkinmi?

- Men bu haqda bir nima deya olmayman. Afsungar bo'lganimda, ertaga nima bo'lishini sizga aytib berardim. Barchasini tanaffusdan so'ng bilib olamiz.






Абдулвосит БектемировMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

mirabzal
17 mar
Агмка тасодиф билан юутди узи кучли камандамас
nerazzuri
16 mar
Qosimov bugun raqibni haqli yutdi lekin Moreraga ham vaqt kerak albatta mavsum endi boshlandi.
nerazzuri
16 mar
Pakhtakor muhlislari ham kayfiyat tushirmaylik óyinchilar umra amalini bajarib airaportda ham ikkita reys ótkazib yuboriahgan va kechikib Tashkentga qaytishgan tushunaylik Hoji akalarni va biroz sabr qilaylik.
Tulkin Alimov
16 mar
Юқоридаги ўйинлар таҳтачасида Панжшер-ССКА Помир ўйиниям қўйилибди, Бу Тожикистон чемпионати ўйиними?
ANCHESTOR
16 mar
Миржалол Косимов - один из лучших тренеров Узбекистана, надо было назначить его главным тренером национальной сборной...удачи и всех благ Миржалолу ...