Muhsin Nizomiddinov: "Muxlislardan uzr so'rayman. Bu mening xatom"

Оқил Абдубарноев
29 may 2024
Pro liganing 10-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Aral" uchrashuvidan so'ng (1:2) mezbonlar bosh murabbiy Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Avvalambor, Qo'qondan kelib, jamoani qo'llab-quvvatlayotgan muxlislardan uzr so'rayman. Bu xato meniki. Xatoni takrorlamaslikka harakat qilamiz. 

- Qo'qonlik futbolchilarda bugungi o'yinda shijoat etishmadi?

- Buxoroda yaxshi o'yin namoyish etgandik. Bazi futbolchilar shamollab qolishgan. Bu bahona emas, balki aybimiz. Yigitlar tiklanishga ulgurmadi. Shunga qaramay, shogirdlarim borini berishdi. Hujumlardan unumli foydalana olmadik. "Aral"ni g'alaba bilan tabriklayman. Raqibimiz ikkita vaziyatdan ikkita gol urdi. Bizning hujumchilarda esa aniqlik etishmadi. Pressingimiz o'xshagani qaramay, gol urishda muammoga duch keldik.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Uz paxtakor Uz
29 may 2024
Мужик Мураббий Низомитдинов гап йук болам. Айрим мураббийларга ухшаб ютса ман ютдим дейдиде. Юткузуб куйса Футболчила или майдон холати ёмониди ёки хакамларди деб юткузду дийдиде. Тан олиш эркек мураббийни иши болам. Омадини берсин болам. Пахтакор билан кубик уйинида куриб танбериб куйдик. Яхши шакиланиб бораётган Коианда Кукон1912