Mutaxassis nigohi - "Futbolni aldab bo'lmaydi, kam byudjet bilan ham yaxshi jamoa qilish mumkin"

Iskandarov Abdulaziz
25 nov 2024
Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - OKMK bahsi qiziqarli o'tishi kutilgan, ko'pchilikning etiborini o'ziga jalb qilgandi

Buni tribunada o'tirgan bir qator taniqli shaxslardan ham payqash qiyin emasdi. Biz esa o'yindagi tanaffusdan foydalanib "Bunyodkor", "Andijon" jamoalari boshqaruvida faoliyat olib borgan Ulug'bek Mirzaevning mavsum haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. 


- Yakuniga etib borayotgan mavsum qanday taassurot qoldiryapti?

- Mavsum o'tyapti emas, qanday o'tdi desak to'g'ri bo'ladi. Musobaqani o'tkazuvchi rasmiy tashkilot O'zPFL yil ramziy terma jamoasini elon qilib yubordi. Biz ham bemalol mavsum yakunlandi desak maqsadga muvofiq keladi. Chempionatimiz kuchli raqobat yoki oliy darajada o'tdi deya olmayman. Lekin bir nechta jamoalarimizning deylik "Paxtakor"ning kuchsizlanganligi, "Navbahor" va "Neftchi"ning mavsum boshidagi kutilgan natijani bera olmaganligi yoki "So'g'diyona" bilan OKMKning bashoratlardan ko'ra muvaffaqiyatliroq ishtirok etishayotgani ikkinchi o'ringa bo'lgan kurashni qizitib yubordi.

- "Nasaf" jamoasining chempionligi haqida fikringiz...

-  "Nasaf" jamoasi biz sanab o'tgan klublarning yo'q joydan ochko yo'qotishidan foydalanib qoldi. "Navbahor" "Qizilqum" bilan o'z maydonida durang o'ynab qo'ydi, "Surxon" bilan ochko yo'qotdi. "Neftchi"ning ketma-ket duranglari ko'p bo'ldi. "Paxtakor"ning tarkibi yoshardi, avlodlar almashinuvini boshidan kechiryapti. Mavsum boshida "Nasaf", "Navbahor", "Neftchi" chempionlik uchun kurashishi kutilgandi. "Nasaf" bu erda barqaror harakat qildi. Shuni evaziga musobaqa yakunlanishiga 3 tur qolganda chempionlikni tantana qildi. Bu bilan klub rahbarlari, murabbiylarini tabriklayman. 

- Jon saqlash yo'lidagi jamoalar qaerda xatoga yo'l qo'yishdi?

- Pastdagi jamoalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Metallurg" oxirgi o'rindan oldinga siljiy olmadi. "Bunyodkor", "Lokomotiv" jamoalarining ham bunday ishtiroki achinarli holat. Bunday moddiy-texnik bazaga ega bo'la turib muvaffaqiyatsiz qatnashish yoqimsiz albatta. "Lokomotiv" Pro ligada o'ynab saboq chiqara olishmagani ko'rindi. Tarkib yig'ishdagi xatolar, murabbiylar amashinuvi "Bunyodkor"da ham yuz berdi. Mavsum boshidan buyon Bubalo, G'ofurov, Arslanov ishlagan bo'lsa, "Lokomotiv"da Stoymirovich, Nazarov, Krestinin, Kolosovskiy yoki Babayan kim bosh murabbiyligini ham aniq bilmaysiz. Futbolni aldab bo'lmaydi. Futboldagi tartibsiz ish ko'rish natijalarga o'z tasirini o'tkazadi. 

- Superliga klublariga qanday taklif bergan bo'lardingiz?

- "Dinamo"ni yaxshi qatnashdi deyish mumkin. "Andijon"ning kubok g'olibi sifatida OCHLga chiqqanligi xursand qildi. Qolgan jamoalar o'z joylarida. Yuqorida tartibsizlik haqida gapirib o'tdik. Farg'onaning "Neftchi" jamoasi qancha yuqori saviyali o'yinchilarni olib kelib tarkibni kuchaytirishmasin, qarzdorliklar, yangi o'yinchi kelayotganidan bosh murabbiyning xabari yo'qligi, yani har kim o'z ishini qilmayapti. Klublarimiz shu kabi tartibsizliklarni bartaraf etishlarini tilab qolardim. Taklif sifatida aytardim har bir ishni iziga tushirib olinsa, kam byudjet bilan ham yaxshi jamoa shakllantirsa bo'ladi. Masalan, 2019 yil "Bunyodkor" tarixidagi eng kam byudjet bo'lgan 16 milliard. Shu yili jamoa uchinchi o'rinni egallagan, OCHLga yo'llanma olgan. Futbolda tartib mahoratni enggadi degan ibora bor. Klublarimiz rahbarlari, homiylar tartibli ish ko'rishi tarafdoriman. Shunda sarflanayotgan mablag'lar samarasini beradi. Mamlakatimizda futbol rivojiga hissa qo'shishadi. Milliy terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqish ostonasida turibdi. Bunday mamlakat futboliga chiroyli va namunali ishlar yarashadi.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Fayzullo Turgunov
26 nov 2024
Hoy yibanatunchalar kubugdi Andijonnolganini esindan chiqarishma kashqadaryoni geyi sen fudbooldi tushinasanmi maymun bashara kubugdi bir marta olishibsan deb gairipsan hato dadenam omadiyu gubugni yiglama nahuy
Jasur Qalandarov
25 nov 2024
Urgildim sandaqa chala futbol jurnalistidan. Sani kallanga hamma Nasaf muhlislarini qoyili. Achishyatgan busa pajarniy chaqir kelib suv urib ketadi. Yana bir bor sani kallanga qoyilim.
BOBIRBEK_URINOV
25 nov 2024
Насаф жамоаси йук жойдан эмас, мехнати ва ютуклари эвазига чемпион булди!
Bek
25 nov 2024
Узидан футбол дахосини екволибдими чала журналист кети томиб коганми насаф неччи йилдан буен кам бюджет академия больари биланам кубок или медал олиб келди бир адашиб кубок олиб куйганига шунча гапми санла бир кубок ютмаларин эканде
Cr7_
26 nov 2024
Tente miyya ? Qaysi kallen bilan kam byudjet bn chempion bolsa buladi deysan ? Nasafda pul kam bo'lmadi ! Homiylar shu yili borini tashlashdi ! Premya oylik zor buldi ! Bilmagan narsalarin kop ekan !