Muxlisi yo'q - bahona!

Xayrulla Xoliqov
25 dec 2022
Kecha, 24 dekabr kuni O'FAning navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi. Unda Toshkentning "Lokomotiv" klubi mavzusi ko'tarilganidan muxlislarning xabari bor.

Malum bo'lishicha, Kongressdagi navbatdagi tashqari mavzulardan birida "Lokomotiv"ni Xorazm yo Samarqandga ko'chirib, klubning TTZdagi qarorgohini Olimpiya terma jamoasiga olib berish haqida so'z borgan. Nima uchun ko'chirish kerak degan savolga bu jamoaning Toshkentda muxlisi yo'q (yoki kam) deb javob berilgan.

To'g'ri, "Lokomotiv" o'z muxlislari soni bilan maqtana olmaydi. Lekin sifat borasida ko'pchilikka o'rnak bo'lishi turgan gap. "Loko" ishqibozlari uy uchrashuvlarida jamoani juda yaxshi qo'llashadi, fan klub rahbarlaridan biri Sadulla Muzapparovning say-harakatlari bilan fan klubga ancha rang kirdi.

Muxlislar endilikda quruq baqir-chaqirdan voz kechdi. Ruschasiga aytganda jamoani oldinga boshlash uchun "krichalkalar" (qo'shiqlar) yaratildi. Hozir "Lokomotiv"ning kamida 10ta zo'r muxlislar qo'shig'i bor. Bundan tashqari, "Loko" muxlislari viloyatga borganda, o'zlarini juda tarbiyali tutishadi, hali shu paytgacha fan klub falon joyda ishkal qilibdi, kelishmovchilik yuzaga kelibdi degan gap quloqqa chalinmagan.

Bu - birinchidan. Ikkinchidan, hech qaysi joyda biron bir futbol klubining faoliyati muxlisi bor yoki yo'q, kam yoki ko'pligi bilan o'lchanmaydi. Klubga OFK, O'FA va PFL tomonidan qo'yiladigan talablarni qay darajada bajarishi orqali baho beriladi. Masalan, OFK hech qachon muxlising kam ekan, shunga Chempionlar Ligasida o'ynamaysan demaydi, marhamat licenziyalash talabini bajar, kerakli o'rinni egalla va OCHLda o'yna.

"Lokomotiv" har yili OFK, O'FA va PFL licenziyalash talablarini birinchilardan bo'lib bajarib kelmoqda. Qolaversa bunday klubga havas qilsa arziydi. Asosiy jamoaning Proligaga tushib ketgani - bu bir shunchaki omadsizlik va o'ziga xos sinov. Klub rahbariyati jamoa oldiga bir yilning o'zida Superligaga qaytish vazifasini qo'ygan. Bir yil bir pasda o'tadi-ketadi.

Hozir O'zbekistonda ko'p klublar "Loko"ga havas qiladi. Bitta zamonaviy klubga nima kerak bo'lsa, "Loko"da hammasi bor. Masalan, stadion bormi? Bor. Klub ofisi bormi? Bor. Baza bormi? Bor. Asosiy jamoa - bor. U-18 jamoasi - bor. Futbol maktabi - bor. Ayollar jamoasi - bor. Futzal klubi - bor. U-16 ayollar jamoasi - bor. 

Endi bir hisoblab ko'ring, Superliganing barcha 14ta klubida ham shular bormi?

Shunday ekan, hamma narsasi bor jamoani muhokama qilgandan ko'ra, o'z stadioni qolib boshqa joylarda o'ynaydigan klublarni muhokama qilgan yaxshi emasmi? Bitta jamoani bir joydan boshqa joyga ko'chirguncha yaxshisi o'sha joyda yangi jamoa barpo etgan maqulmasmi?

"Lokomotiv" 2004 yildan boshlab Oliy ligada ishtirok etishni boshlagan bo'lsa, bu qisqa vaqt oralig'ida 3 karra O'zbekiston chempioni (2016, 2017, 2018), 3 karra O'zbekiston Kubogi sohibi (2014, 2016, 2017), ikki karra O'zbekiston Superkubogi sohibi (2015, 2019) bo'ldi hamda 2016 yil Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar etib bordi. O'zbekistonda mustaqil chempionat yo'lga qo'yilganidan beri hali chempion bo'lmagan jamoalar qancha. Bu tomonlama ham ko'pchilik "Loko"ga havas qiladi. 

Yana bir gap. Futbolchilar nima uchun "Lokomotiv"ga kelishga oshiqadi? Chunki "temiryo'lchilar" safida o'ynab, chetga ketish oson bo'lib qoldi va "Loko" bu borada tramplin vazifasini bajarib kelmoqda. So'zimizning isboti sifatida "Lokomotiv"da o'ynab chetga ketgan futbolchilarni keltiramiz. 


Temurxo'ja Abduxoliqov - avvaliga Qatarning "Al Sayliya", so'ngra BAAning "Xorfakkan" klubiga.

Sanjar Shoahmedov - Qatarning "Al Sayliya" klubiga

Sardor Rashidov - Portugaliyaning "Nasonal" klubiga

Ignatiy Nesterov - Saudiya Arabistonining "Ohod" klubiga

Ikrom Aliboev - Janubiy Koreyaning "Seul" klubiga

Sardor Mirzaev - Tailandning "Muangton Yunayted" klubiga

Islom To'xtaxo'jaev - Xitoyning "Shenyang Urban" klubiga

Jamshid Iskanderov - Janubiy Koreyaning "Seongnam" klubiga

Oston O'runov - Rossiyaning "Ufa" klubiga

Oleg Zoteev - Janubiy Koreyaning "Chonnam Dragons" klubiga

Sherzod Fayziev - Malayziyaning "Shri Paxang" klubiga

Jasur Jaloliddinov - Qozog'istonning "Qayrat" klubiga

Azizbek Amonov - Eronning "Istiqlol" klubiga

Va bosh murabbiy sifatida Samvel Babayan - Xitoyning "Chanchun Yatay" klubiga.


Bu transferlar yaqin 3-4 yil ichida ro'y berganini hisobga olsak, klub tarixi uchun katta voqelik. Endi savol: "Paxtakor"ni hisobga olmaganda yana qaysi klub ko'p futbolchilarini chetga transfer qilgani bilan maqtana oladi?

"Lokomotiv" futbol klubi jamoa uchun xizmat qilgan murabbiy yoki futbolchi, yo boshqa soha vakili taqdiri uchun doim qayg'urib keladi. Bundan tashqari "Lokomotiv" jamoada yaxshi o'yin ko'rsatgan hech bir futbolchiga eshikni qattiq yopmaydi.

Xulosa shuki, muxlisi yo'q degan bahona bilan bir jamoani shunchaki boshqa joyga ko'chirib yuborish hech qaysi futbol qoidalari va sport principlariga to'g'ri kelmaydi. Yuqoridagilar viloyatlarda ham futbol rivojini xohlayotgan bo'lsa, yaxshisi joylarda yangi jamoalarni tashkil etish kerak.

X.Xoliqov.


Xayrulla Xoliqov Maqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Музаффар
25 dec 2022
ёлғиз от чанг чиқармайди қандоқ қилиб 1, 2та мухлис жанжал ишкал қилади
пан Клякса
25 dec 2022
Ўзи рахбарлари воз кечиб боганди. Ўшангаям биринчи лигага тушириб қутулишди. Бечора Махарадзе хали тилга кирса, аслида нима бўганини))
Шерзод Бек
25 dec 2022
Темирйўлчи бўлиб Қўқонда бўлгани яхши эди. Шуниям ликкиллаб тошкентга кўчириб олиб кетди мана тагига олди. Ўша милярдлаб локога сарфлаган пулни темирйўлчига яримни сарфлаганда хар йили чемпион бўлиб юрарди.
Шерзод Бек
25 dec 2022
Қўқонга қайтарсин эски номига Темирйўлчи қилиб
International
25 dec 2022
Saviyasi past zakaz maqola. Muxlisla asosiy me'zon bo'masa nima asosiy me'zon? Agar klub xususiy bo'lsa edi unda tushunish mumkin bo'lardi, lekin davlat tashkiloti (O'TT) hisobiga yashaydigan klubni nimaga 2-3 ta muxlisi uchun butun mamlakat soliqlari hisobiga moliyalashtirish kere? Futbol va umuman sport odamlar uchunmi? Unda ko'proq odamlar (muhlislarni) jamlaydigan bo'lishi kere.
Шухратжон Муйсинович
25 dec 2022
Шундай яхши жамоа булса, унда яна савол тугилади, нега мухлиси йук?
Muhammadxon Mamatov
25 dec 2022
Локо эътиборга молик жамоа минг марта вакилласенам Локо жойида қолади у профессионал жамоа Локо тош отишни бас қилларинг
International
25 dec 2022
O'zbek futbolidagi eng adolatli qarorladan bittasi qabul qilinishi arafasida o'zini issu o'rni, shaxsiy manfaatini ustun qo'yadigan X.Xoliqovga o'xshagan "jurnalist"ni qivotgan ishini qarela, krisa ekansan boru. Muxlis yo'q bahonamush, futbol kim uchun? Klub kmi hisobidan moliyalashtirilivotti o'rto Xoliqip?
Murod
25 dec 2022
Xorazm eng minimal budjeti bn Pro ligada oxirigacha kurashdi super liga uchun Temir yo'llarni xorazmga sponsor qilib bir ikki yaxshi o'yinchi olib kelsin qanday intriga kuchayadi. Butun boshli viloyat qachondan beri Super liga ko'rmadi. Temir yollari davlatniki ekan Xorazm viloyatining ham haqqi bor bu pullarda.
Nefchti vs Arsenal
25 dec 2022
Nima demoqchisan endi bu maqolen bilan
Ko'proq ko'rsatish