MYU uch futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
6 jan 2024
Klub Lindelyof, Mejbri va Uan-Bissaka bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatlarini faollashtirdi.

"Manchester Yunayted" himoyachilar Viktor Lindelyof va Aaron Uan-Bissaka hamda yarim himoyachi Hannibal Mejbri bilan shartnomani 12 oyga uzaytirdi.

Bu uchala o'yinchining ham shartnomasi joriy mavsum oxirida tugardi, ammo "Yunayted" ularni 12 oyga uzaytirish imkoniyatiga ega edi va klub bundan foydalandi.

Shunday qilib, ularning kelajagi endi 2025 yilning iyunigacha "qizil iblislar"ga bog'langan.

Ammo "Yunayted" hozircha himoyachi Rafael Varan va hujumchi Antoni Marsyal bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Hozirda har ikki futbolchi bilan muzokaralar olib borilmoqda.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: manutd.com

Izohlar

@# #@
6 jan 2024
Факат Бруно фернандеш билан узайтирмаса булди
@# #@
6 jan 2024
Факат Бруно фернандеш билан узайтирмаса булди
Beckham
6 jan 2024
Marsial bilan ham uzaytiringlar hafa boʻlib qolmasin.