MYU yozda "katta tozalash" qiladi

Sherzod Nurmatov
23 feb 2024
Ko'plab futbolchilar klubni tark etishi mumkin.

"Manchester Yunayted" yozda asosiy tarkibda "tozalash" qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi ESPN. 

10 dan ortiq futbolchi klubni tark etishi mumkin. Bu ro'yxatda Kristian Eriksen, Aaron Uan-Bissaka, Skott Maktominey, Kazemiro, Harri Maguayr, Rafael Varan va Viktor Lindelyof kabi futbolchilar bor. Antoni Marsyal erkin agent sifatida ketadi.

Qolaversa, mankunianlar katta ehtimol bilan boshqa klublarda ijara asosida o'ynayotgan futbolchilar bilan xayrlashadi. Bular – Jeydon Sancho, Donni van de Bek, Brendon Uilyams va Fakundo Pelistri.

"Manchester Yunayted"ning transfer maqsadlari esa yangi hujumchi va himoyachi bo'ladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: ESPN

Izohlar

Ман юнайтедN1
24 feb 2024
Шоу Маласияларгниям кетказиш керак, чап каноп доим муаммоли булиб келган
N.Yu
24 feb 2024
Мактоминай айни дамда М. Ю. тўпурари
Махмуд Рустамов
24 feb 2024
Биринчи навбатда қора ялоқ Онанани йўқотиш керак.
Forever Manchester United
23 feb 2024
varan casemiro va wan bissaka jalka ketarkanda bu ruyhatda Scott bn Sancho ham qushilsa buladi
FC_BARCELONA_UZ
23 feb 2024
Bu ro'yxatga Antoni ham qo'shilishi kerak, 95 million bekor ketdi.