"Nasaf" yanvar oyida Qarshida, 3 fevraldan Turkiyada yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
4 jan 2025
O'zbekiston chempioni Qarshining "Nasaf" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni hozircha Qarshida davom ettiradi.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "ajdarlar" yanvar oyida Qarshida yig'in o'tkazishadi.

3 fevral kunidan Turkiyaning Antaliya shahrida mashg'ulotlarni boshlashadi. Bu yig'in davomida "Nasaf" bir qator o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi rejalashtirgan. 

Ulardan biri Rossiyaning "Spartak" klubiga qarshi o'tishi haqida oldinroq xabar bergan edik.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Haqqul
4 jan
Насаф жавоб берилган футболчиларни урнини качон тулдираркин?