Navbatdagi omadsizlik. Ueyn Runi rasman Chempionship klubini tark etdi

I.J.I
31 dec 2025
Sobiq futbolchining murabbiylik faoliyati omadli bo'lmayapti.

"Plimut" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Ueyn Runi qoniqarsiz natijalar sabab klubdan ketdi. Runi qo'l ostidagi "Plimut" hozirda Chempionshipning so'nggi o'rnini egallab turibdi. Jamoa ketma-ket to'qqizta o'yindan beri g'alaba qozonolmayapti.

Shu sababli "Plimut" klubi va Ueyn Runi hamkorlikni tugatishga qaror qilishdi. Ingliz klubi rasman Runining jamoani tark etganini malum qildi.

Malumot uchun, Runi bunga qadar "Derbi Kaunti" "Di Si Yunayted" va "Birmingem" klublarini boshqargandi.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: www.pafc.co.uk

Izohlar

Beckham
1 jan
Рунини Манчестерга олиб келиш керак. Бегоналарга шунча имконият бергандан кўра бу ўзимизники
насрилло
1 jan
Хави шарманда Б-Б кетдику Барселонадан!!!!
Nod34 34
31 dec 2025
Яхши уйинчидан яхши мураббий чикмайди
Ўзбек футболининг муҳлиси
31 dec 2025
Лемпард, Рунидан кучли мураббий чиқмас эканда
Forever Manchester United
31 dec 2025
rooneydan murabbiy chiqmaydi u borgan joy pastga qulaydi