Kataloniya klubida obro'ga ega bo'lgan agent Pini Zaxavi rahbariyatni braziliyalik futbolchining Santos bilan shartnomasi tugaganidan keyin yozda uni o'z safiga qo'shib olishga ko'ndirmoqchi.
Qayd etilishicha, Barselona klubi yulduz futbolchilardan birini sotmasdan Neymarni o'z safiga qo'shib olishiga ishonchi komil emas. Bundan tashqari, Xansi Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi braziliyalik futbolchining o'tishiga mutlaqo qarshi. Nemis mutaxassisi va uning yordamchilari bunday variant haqida eshitishni ham istashmaydi.
Izohlar