Nihoyat! Jessi Lingard o'ziga yangi jamoa topdi. Jamoa Evropadan emas

Khoja
2 feb 2024
“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Jessi Lingardning yangi jamoasi malum.

Futbolchi Koreya Respublikasining “Seul” jamoasiga o'tadi. 31 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2+1 ko'rinishdagi shartnomaga imzo chekadi.

Lingardga Koreyadan tashqari Turkiya va Saudiya Arabistonidan ham takliflar bo'lgan, biroq futbolchiga “Seul” taklifi maqul kelgan.

Lingard o'tgan yozdan beri, "Nottingem Forest" bilan shartnomasi tugaganidan keyin klubsiz. Avvalroq futbolchi "Manchester Yunayted", "Vest Xem", "Derbi Kaunti", "Brayton" va "Lester" jamoalarida to'p tepgan.

Shuningdek, u Angliya terma jamoasi safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. Transfermarkt Lingardning narxini 6 million evroga baholamoqda.


KhojaMaqola muallifi
Qopqoq: championat.com

Izohlar

Burhonbek Abdumo'minov
2 feb 2024
K ligayam boshladimi endi yulduzlarni yigʻishni nima balo