OCHL. Sharq mintaqasi guruh o'yinlari qaerda bo'lib o'tishi malum

Xayrulla Xoliqov
16 feb 2022
Malumki, bu yil ham Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqich bahslari markazlashgan tartibda o'tkaziladi.

Hozircha G'arb mintaqasi o'yinlari qaerda o'tkazilishi malum emas. Lekin OFK sayti bugun Sharq mintaqasi guruh uchrashuvlariga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar nomini elon qildi. 

Shunday qilib "F", "G" va "J" guruh uchrashuvlariga Tailand, "H guruhiga Vetnam va "I" guruhi bellashuvlariga Malayziya mezbonlik qiladi. 

Tailandda o'ynaydigan klublar

"F" guruhi: "Shandong Taishan" (Xitoy), "Urava Reds" (Yaponiya), "Lion Siti" (Singapur), pley-off g'olibi. 

"G" guruhi: Patum Yunayted (Tailand), "Chonnam Dragons" (J.Koreya), "Yunayted Siti" (Filippin), "Melburn Siti" (Avstraliya)

"J" guruhi: "Shanxay Port" (Xitoy), "Chiangray Yunayted" (Tailand), "Kitchi" (Gonkong), pley-off g'olibi. 

Vetnamda o'ynaydigan klublar

"H" guruhi: "Chonbuk Motors" (J.Koreya), "Yokogama Marinos" (Yaponiya), "Xoang An Gia" (Vetnam), pley-off g'olibi. 

Malayziyada o'ynaydigan klublar:

"I" guruhi: "Kavasaki Frontale" (Yaponiya), "Guangjou" (Xitoy), "Johor Darul Tazim" (Malayziya), pley-off g'olibi.


Xayrulla Xoliqov Maqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

SHohjahonErgashev
16 feb 2022
G‘arbni O‘zbekistonga berish kerak.
FREND UZBEKISTAN
16 feb 2022
Ko'rasilar Hali sharq mintaqa o'yinlarini saudiya,qatar,BAA kabi davlatlar oladi bizga esa o'tgan yilgi kabi hechkim o'zida o'tkazishni hohlamay qolgan guruhni topshiradi u guruhni esa bizga ahamyati bo'lmaydi! O'zi o'tkan yili AFKga pashol n...ux deyish keragidi kimga foyda kimga zarar. Barbir bizi klublar qatnashgan guruhni bizga bermiydi. G'abr-sharqqa bo'lganining sababiyam saudiya klublari uchun finalgacha yo'l ochish 2009-yilardayam garb-sharq faqat guruh bosqichida edi pley ofdan aralshib ketardi qarasa sudiya klublarini koreys-yaponlar itarayabdi buyog'da avstralya qo'shildi bitta yo'li ikki mintaqaga bo'lib yuborib kuchsizroq mintaqaga arablarni qo'shish va finalgacha koreys-yaponlarga qarshi o'ynatmaslik kerak arablarni zaybal bilat AFKAYAM.