Odil Ahmedov bugun "Krasnodar" safiga borib qo'shiladi

Narzulla Saydullayev
24 jun 2015
Allaqachon mavsum oldi tayyorgarligini boshlab yuborgan "Krasnodar" bugun Avstriyada Ruminiyaning "Botoshani" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Oleg Kononov hamyurtimiz Odil Ahmedovga qo'shimcha dam olish imkoniyatini yaratib berganligi uchun futbolchi ertangi mashg'ulotlardan jamoa safiga borib qo'shiladi.

Bu yilgi premer-liga o'yinlari ancha erta boshlanadi. 17 iyul kuni start oladigan musobaqaning birinchi turida "Krasnodar" safarda "Amkar"ga qarshi maydonga chiqadi.

Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar