O'FA "Neftchi", "Navbahor" va "So'g'diyona"ga qarzlarni bartaraf qilishi uchun muddat belgiladi

Mirjalol Normatov
6 feb 2025
O'FA futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi tomonidan “Navbahor lochinlari”, “Neftchi”, “So'g'diyona”, “Jizzax Zvezda Bo'ston” futbol klublarining murabbiylar, futbolchilar va xodimlar oldidagi qarzdorligini bartaraf etishi uchun muddat belgilandi.

O'FA hamda O'zPFL klublarning futbolchi, murabbiy va mutaxassislar oldidagi majburiyatlari, shartnomada belgilangan vazifalarni to'liq bajarishga masul ekanini eslatib o'tadi. Afsuski bazi klublarda shartnoma shartlarini buzish, maoshlar to'lovini kechiktirish bilan bog'liq vaziyatlar uchrab turibdi. Bunday holatlarni bartaraf etish, FIFA tomonidan jiddiy choralar ko'rilishining oldini olish maqsadida Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Unda O'zbekiston futbolchilar uyushmasi, futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislarning murojaatlari asosida “Navbahor lochinlari”, “Neftchi”, “So'g'diyona”, “Jizzax Zvezda Bo'ston” futbol klublarining ish haqi va boshqa to'lovlar bo'yicha qarzdorligi masalasi ko'rib chiqildi.

“Navbahor lochinlari” futbol klubi murabbiylar, asosiy jamoa, futzal jamoasi va ayollar jamoasi futbolchilari oldida qarzdorligi mavjudligi aniqlandi. “Neftchi” futbol klubining asosiy jamoa va ayollar jamoasi azolari oldida, shuningdek, “So'g'diyona” futbol klubining ayollar jamoasi azolaridan hamda “Lokomotiv” futbol klubidan transfer shartnomasi bilan bog'liq qarzdorligi mavjudligi aniqlandi.  

Bundan tashqari, Birinchi liga musobaqasida qatnashuvchi “Jizzax Zvezda Bo'ston” futbol klubi ham futbolchilariga bir necha oydan buyon ish haqi va boshqa to'lovlarni to'lamasdan kelayotgani malum bo'ldi.

Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi tomonidan qayd etilgan qarzdorliklarni  joriy yilning 14-fevral kuniga qadar bartaraf etish yuzasidan muddat belgilandi. Mazkur qarzdorliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda tegishli futbol klubiga nisbatan jiddiyroq choralar qo'llanishi to'g'risida ogohlantirildi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: ЎФА матбуот хизмати

Izohlar

Mansur90
7 feb
Diyorni laliga raxbari qilish kerag mana laliga Barcelonani qiynab yotibdi Olmoni ro‘yxatdan o‘tkazmaymiz deb Diyor bo‘lganida Olmoga qo‘shib yana 5, 6 ta futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazib yuborardi Barcelona xozir 3 o‘rinda emas 1 o‘rinda turarmidi????????
Ermak Uchun
6 feb
Ko'tida ishtoni yo'q ismi Shoxijaxon digan 2 ta klub bor ekan.
N M
6 feb
Uxx ti
HAVASKOR JURNALIST
6 feb
-6 -9 ochko bilan boshlasa boshqalargayam oʻrnak boʻladi
From Earth
6 feb
Қулоғигача қарзга ботиб ётган жамоаларга кетма кет трансфер қилиб, чет элда машғулот олиб боришга бало борми? Жамоа қарздорлиги ҳақида ёзса ўша жамоа мухлисларини айримлари кети йиртилиб дод солиб дамоамга осилма дейди. Қарздорликни ёзса бир бало ёзмаса яна. Ўзбекистонда футболни еғиштириб қўя қолиш керак, миллиардлаб сарфланаётган пулларни юрт ривожию ҳалқ фаровонлигига сариқ чақалик фойдаси тегмайди.