O'rtoqlik o'yini. Argentina yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Messi dubl va assist qayd etdi

Khoja
15 jun 2024
Argentina o'rtoqlik uchrashuvida Gvatemala termasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv 4:1 hisobida argentinaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda Lionel Messi va Lautaro Martines dubl qayd etdi. Shuningdek, Messi ushbu uchrashuvda bitta assistga ham erishgan.

O'rtoqlik o'yini
Argentina - Gvatemala 4:1
15 iyun, AQSH.

Gollar: Messi (12, 77), Lautaro Martines (39 penalti, 66) - Lisandro Martines (4, avtogol).
Argentina – Emiliano Martines, Molina (Montiel, 71), Otamendi, Lisandro Martines, Karboni (Di Mariya, 62), Lo Chelso (De Paul, 62), Mak Allister (Paredes, 62), Fernandes (Martines Kuarta, 71), Gonsales, Messi, Lautaro Martines (Alvares, 67).
Gvatemala – Xagen, Morales, Pinto, Samayoa, Ardon, Kastelyanos (Saraviya, 75), Franko, Dominges-Ramires, Santis (Mexiya, 75), Rubin (Lom, 75), Kardosa (Garsiya, 65).
Ogohlantirishlar: Otamendi (21), Dominges-Ramires (29), Lisandro Martines (63).


KhojaMaqola muallifi
Muqova: championat.com

Izohlar

Kokand N:1
15 jun 2024
Messi 4 ta gol urardi birga birda uzi urmasdan Martinez ga owirdi va penaltini tepmasdan yana Martinez ga berdi respect
Rasul M
15 jun 2024
Oltin top berish kerak