O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston U-20 Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin so'nggida ajoyib kambek qayd etdi!

Alisher
29 dec 2024
Ayni kunlarda O'zbekiston U-20 terma jamoasi Qatarda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, yoshlarimiz Xitoyda bo'lib o'tadigan U-20 Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoamiz Xitoyda bo'lib o'tadigan musobaqaning C guruhidan joy olishgan. Ular guruh bosqichida, Eron, Yaman va Indoneziya termalariga qarshi bahs olib boradi.

Malumot o'rnida, mazkur musobaqa Chilida bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o'taydi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi 2025 yilgi yoshlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Saudiya Arabistoni U-20 - O'zbekiston U-20 1:2

Gollar: Saad Xaqavi (21), Muhammadali O'rinboev (88, 90).

O'zbekiston: 1. Samandar Muratboev, 2. Diyorbek Abdunazarov, 3. Saidxon Hamidov, 4. Muhammadali Zohidov (s), 5. Behruz Jumatov, 6. Muhammadali Reimov, 7. Ollobergan Karimov, 8. Murodali Usmonov, 9. Nurlan Ibraimov, 10. Murodjon Komilov, 11. Saidumarxon Saidnurullaev.

Zaxira: Sobirov, Murkaev, Ahmadjonov, Tuxsanov, Abdullaev, Hayrullaev, O'rinboev, Fomin, Jumaev, Rizaqulov, Saidov, To'lqinbekov.



AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

XO'JA
30 dec 2025
Barakalla, Muhammadali! Mening oʻquvchim. Darslarga kelolmasang ham "4" baho qoʻyib yuborganlarimga roziman.
Soccerland777
29 dec 2024
Саудар учун қўрқинчли тушга айланяпмиз, 17-23 ёшлар тж ларида
Fakhritdin
29 dec 2024
U-23 ми ёки U-20 ми????????????
Шахрух Палванов Палванов
29 dec 2024
Камбекчи узбеклар
dessi anvar
29 dec 2024
голларни видеосини қўйинглар кўрайлик COMEBACKни