O'rtoqlik o'yini. Rossiya termasi Bruney bilan uchrashuvda tarixiy rekordni yangiladi

Mirjalol Normatov
15 nov 2024
Rossiya hamda Bruney termalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini yakunlandi.

Unda rossiyaliklar 11:0 hisobida g'alabaga erishdi. Shu orqali Rossiya termasi o'z tarixidagi eng yirik g'alabani qayd etdi. Bungacha eng yirik g'alaba 2019 yilda qayd etilgan bo'lib, San-Marino termasi 9:0 hisobida mag'lub qilingan.

Qo'shimcha qilish kerakki, bahsni Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar boshqarib bordi.

Rossiya – Bruney 11:0

"Krasnodar"

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Gollar: 1:0 – 1 Oblyakov, 2:0 – 7, avtogol Otman, 3:0 – 9 Morozov, 4:0 – 28 Oblyakov, 5:0 – 48 Sadulaev, 6:0 – 57 Krivcov, 7:0 – 62 Musaev, 8:0 – 67 Mostovoy, 9:0 – 73 Chernikov, 10:0 – 79 Batrakov, 11:0 – 87 Adamov.

Rossiya – Lantratov (Agkacev, 46), Krugovoy, Morozov (Adamov, 61), Palcev, Karavaev, Krivcov (Karpukas, 61), Chernikov, Prucev (Batrakov, 77), Mostovoy, Oblyakov (Sadulaev, 46), Chalov (Musaev, 60).

Bruney – Syafik Ishak, Sisa, Otman, Indera Yunus, Shariff (bin Avang Xaji, 70), Salex (Sisa, 84), Said (Kasiful, 83), Ali Raxman (Aminuddin, 71), Effendi (bin Ramli, 63), Embran, Ramli (Danial, 63).

Ogohlantirish: Shariff (59).



Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

jamshid rakhmonov
15 nov 2024
:)))
Nod34 34
15 nov 2024
34-184÷11
Otabek Sidikov
15 nov 2024
Бухоро хам Брунейни иккинчи такибини 10-0га ютайди о бу иккинчи е учинчи таркибку
G'ulom Murodovich
15 nov 2024
Bruney qayerda joylashgan davlat. Erta indin o'zi bilan o'zi o'ynasa kerak.
Rasul Matkarimov
15 nov 2024
Tugri qilishibdi