Osiyo kubogining ochilish uchrashuvini kim boshqarishi malum

Khoja
10 jan 2024
Xabaringiz bor, 12 yanvar kuni Qatarda Osiyo kubogiga start beriladi.

Musobaqaning ilk uchrashuvida mezbonlar Livan terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsni asli eronlik bo'lgan, biroq hozirda Avstraliya fuqaroligini olgan Alirizo Fag'oni bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda Anton SHHetinin va Eshli Bicham yordam beradi. To'rtinchi hakam sifatida esa Koreya Respublikasi vakili Ko Xyon Jin etib tayinlandi. VAR hakami: Evans Shon Robert (Avstraliya)

Ochilish uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 21:00da start oladi.

Qatar - Livan

Bosh hakam: Alirizo Fag'oni (Avstraliya)

Yordamchi hakamlar: Anton SHHetinin, Eshli Bicham (ikkisi Avstraliya)

Zaxira hakami: Ko Xyon Jin (Koreya Respublikasi)

VAR hakami: Evans Shon Robert (Avstraliya)

AVAR: Keyt Yacevich (Avstraliya)

Nazoratchi: Yun Djeyol (Koreya Respublikasi) 

Zaxira hakami yordamchisi: Kamikava Toru (Yaponiya)


KhojaMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

SHAHZOD
10 jan 2024
Осиё кубогининг очилиш учрашувини ким бошқариши аниқ бўлди, бу якинда фифа рефериси лицензияси олган (билмадим қандай олди) - Азиз Асимов.
Озод Ачилов
10 jan 2024
Бу ўша ҳакам, U-16 2010 йилги Осиё чемпионати финалини бошқариб Сардор Рахмоновга қизил берган "хўкиз" шу бўлади.
Бехзод Абдурахимов
10 jan 2024
Бош хакам аник Австралия данми? Ёрдамчи хакамлар Австралияликка ухшаяптикуу.... Бош хакамда муаммо борга ухшайди.. ё
lion_7
10 jan 2024
Eronni terrorchila wu tartibda bowqarovrsa hamma yaxwi kadrla qochadi
Navbahor_muxlislar jamoasi
10 jan 2024
Finalni Asimov boshqarsa kerak a.....demoqchi edimu o'z yurti terma jamoasi ishtirokidagi o'yinni boshqara olmaydida.....