O'zbekiston kubogi. Final mezbonligi uch stadiondan biriga nasib qiladi

Alisher
26 feb 2025
O'zbekiston kubogini o'tkazish uchun davogar stadionlar malum bo'ldi.

"Liga 2020 yildan buyon O'zbekiston kubogining final uchrashuvini ketma-ketlikda turli shaharlarda o'tkazib kelmoqda. Bunda mezbon stadion nomi musobaqaning guruh bosqichiga qura tashlanishidan avval aniqlab olinadi. 

Har mavsum oldidan u yoki bu stadionda tamirlash ishlari olib borilayotgani, stadionlar Liga tomonidan qo'yilayotgan talablarga moslashtirilayotgani sir emas. Aynan shu jihat finalni qabul qilish uchun davogar stadionlar ro'yxatini shakllantiradi. 2020 yilda finalga Namangan mezbonlik qilgan bo'lsa, keyinchalik hal qiluvchi o'yinlar Samarqand, Buxoro, Qarshi, Farg'ona shaharlarida o'tkazildi. 

2025 yilgi mavsumda bosh sovrin egasini aniqlab beradigan uchrashuvni qabul qilish uchun 3 ta shahar davogarlik qiladi: Andijon, Olmaliq va Termiz. So'nggi yillarda mazkur arenalarda sezilarli o'zgarishlar amalga oshirildi. Final o'yini aynan kimga nasib qilishini bugungi qura oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze aniqlab beradi", - deyiladi xabarda.




AlisherMaqola muallifi
Muqova: pfl.uz

Izohlar

Foziljon Rustamov
26 feb
Termizga berilsa kerak, Surxondaryodagi stadion qayta ta'mirlandi shekilli
Sher.Far
26 feb
Andijonga berish kerak bari bir finalga vodiy jamoalari chiqadi muhlislar ko'proq bo'ladi
Maruf Maruf
26 feb
Термизга бериш керак, Сурхандарёда анчадан бери катта футбол бўлгани йўқ. Халқи хам анча соғинган бўлса керак. Балансни тенг ушлаш керак
Шухратжон Муйсинович
26 feb
Андижон маъқулроқ стадион аншлаг бўлади. Водийдан ташқарида стадион тўлдириш қийин масала.
Odilbek Mamatqosimov
26 feb
Andijonga berish kerak qolgan nomzod stadionlardan xar taraflami yaxshiroq Menimcha
Абдугаффор . N
26 feb
Сурхандарега берилса хеч ким хафа бумаса кк
Bahodirjon Tulakov
26 feb
Termizga bersa muxlislarni yutugi Andijonga bersa futbolni ligani yutugi Olmaliqqa bersa amaldor raxbarlarni yutugi
SC Shakhtyor NAVAИ
26 feb
SURXON
Бахтиёр Ашуров
26 feb
Термизга берса яхши бўларди. Ҳар ҳолда сурхондарёда футболни соғинишган!
Бахтиёр Ашуров
26 feb
Финал андижонга берилди!
Ko'proq ko'rsatish