​O'zbekiston MTJ azolari uchun Dubayda o'zbekona tadbir tashkil etildi

Bugun O'zbekiston MTJ azolari Dubay shahrida navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishdi. Mashg'ulotdan keyin futbolchilar uchun "Crowne Plaza" mehmonxonasida o'zbekona tadbir tashkil etildi.

O'FA Matbuot xizmatining malumotiga qaraganda, tadbirda O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, O'FA mutasaddilari va Osiyo Kubogini yoritish uchun O'zbekistondan tashrif buyurgan OAV xodimlari ishtirok etishdi. Umid Ahmadjonov futbolchilar bilan uchrashuv chog'ida ularga Ummonga qarshi o'yinda qozonilgan g'alaba uchun minnatdorchilik bildirib, bu yog'iga ham bo'shashmasdan harakat qilish kerakligini, butun o'zbek xalqi terma jamoamizdan g'alabalar kutayotganini aytib o'tdi. Shundan so'ng milliy terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper OFK tomonidan taqdim qilingan Osiyo Kubogi bosh sovrini suvenirini Umid Ahmadjonovga topshirdi. O'FA 1-vice-prezidenti ushbu Kubokning haqiqiysini Toshkentga olib borish milliy terma jamoamizga nasib qilishini tiladi.

Tadbirga yig'ilganlarga O'FA Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan futbolchilarimizning ruhiyatini ko'taradigan  video namoyish qilindi.
Keyin esa estradimiz yulduzlari Jahongir Foziljonov, Qilichbek Madaliev va Shuhrat Vohidov kabi sanatkorlar o'z kuy qo'shiqlari bilan yig'ilganlar xush kayfiyat baxsh etishdi.

Tadbir so'nggida esa futbolchi, murabbiy va OAV xodimlariga o'zbek oshpazlari tomonidan tayyorlangan o'zbek taomlari shohi - palov tortildi.
Bu tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad yurtdan uzoqda bo'lgan futbolchilarning Vatanga bo'lgan sog'inchlarini bir oz bo'lsada kamaytirish, muhim o'yin oldidan ularning kayfiyatini ko'tarish, bir oila sifatida jipslashtirish va kelgusi g'alabalar sari ruhlantirishdan iborat.



Muqova: ufa.uz

Izohlar

Futbolni-Dodasi
12 jan 2019
An kuper vadasidan chiqibdi kubokni olib beraman duvdi. Haqiqiysini demagnu suvener bolsa nima qipti))))) hazil sokmela yana blok jonimga teydi
1987
12 jan 2019
олга Узбекистоним сизлар арабларди энг кучлисини арабларди чемпионини ютдилар ким нима диса дисин форс кубоги чемпиони хар кимгаямбас
Azizbek Bekabadskiy
12 jan 2019
Futbolchilarimiz ovqatdan tiyilishsa yaxshi bo‘lardi. Molday bo‘kib olib yana Turkmaniston bilan o‘yinda o‘sirib qo‘ymasa bo‘ldi.
Бахтиёржон_Эгамбердиев
12 jan 2019
Эътиборда гап куп. Катта рахмат.
sharobiddin
12 jan 2019
Зотеевни утиришига эътибор беринг ижирганиб утирибти ёкмаяпти менталитет бошкада