O'zbekiston MTJ BAAga etib bordi

Tolibjon Qosimov
9 nov 2020
O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi Toshkent-Dubay HY333 havo reysi orqali mahalliy vaqt bilan soat 12:25da Dubay xalqaro aeroportiga etib bordi.

O'zbekiston terma jamoasi BAAga uchib ketdi

Delegaciya azolari aeroportda passport nazoratidan avval koronavirusga test topshirishdi.

Shundan so'ng, Milliy terma jamoamiz vakillari "Intercontinental" mehmonxonasiga joylashdi.

Test natijalari chiqqunga qadar delegaciyaning har bir azosi mehmonxonada "o'zini yakkalash" rejimida bo'ladi.

Milliy jamoamiz ertaga dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazishi rejalashtirilgan.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: ЎФА матбуот хизмати

Izohlar

Алим
9 nov 2020
Кобиловга кутог борми сборнига галубойдай соч куйган ярашмайдиган иишни килиб куп яхши химоячилар борку насафдаги Голиб Гайбуллаев ундан 5 марта кучли .
Казаков
9 nov 2020
Яхши дам олиб келинглар!
BAVARIYA.FAN.UZ
9 nov 2020
Marojni yeyiw eslarizdan chiqmasin
Leicester City
9 nov 2020
Shaharni aylaninglar.
roma5848
9 nov 2020
Мазза мазза шуларга мазза. Мехмонхона, туризм, саёхат. Халқни пулини еб юрувради.Асосий ўйинларга кеганда нимадир етммй қолди. Бахона тайёр.