Turg'unboev va Fayzullaevlarning gollari termamizni chorak finalga olib chiqdi. Navbatdagi raqib - Qatar

Khoja
30 jan 2024
Osiyo kubogining nimchorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Tailand uchrashuvi yakunlandi.

Osiyo Kubogi-2023 1/8 final30.01.2024 | 16:30 (O'zbekiston vaqti)
O'ZBEKISTON – TAILAND 2:1 LIVE

GOL: 37 - Azizbek Turg'unboev (Diyor Xolmatov), 59 - Sarachat Supachok, 65 - Abbosbek Fayzullaev  (Jaloliddin Masharipov)
“Al-Janub” stadioni, Al-Vukair shahri
Bosh hakam
: Nazmi Nasaruddin (Malayziya)
Qanot hakamlari: Muhammad Zairul, Arif Shamil (ikkalasi Malayziya)
Zaxira hakami: Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf (Ummon)
VAR: Omar Muhammad Ahmad (BAA)
AVAR: Xolid Solih Alturais (Saudiya Arabistoni)  

O'zbekiston: O'tkir Yusupov, 4. Farrux Sayfiev, 5. Rustam Ashurmatov, 6. Diyor Xolmatov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (s) ( Jamshid Iskanderov, 81), 11. Oston O'runov ( Xojimat Erkinov, 67), 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg'unboev (Zafarmurod Abdirahmatov, 81), 22. Abbosbek Fayzullaev ( Jamshid Boltaboev, 90), 25. Abduqodir Husanov.
Zaxira: Abduvohid Nematov, Botirali Ergashev, Muhammadqodir Hamraliev, Sherzod Nasrullaev,Bobir Abdixoliqov, Abdulla Abdullaev,Shoxboz Umarov, Aziz Amonov, .

Tailand: 23. Pativat Xammai, 3. Teratxon Bunmatxan (s), 4. Elias Dolax, 6. Sarachi Yooen, 9. Supachai Chaided, 12. Mikelson Luk Saa, 14. Rungrat Pxumichantuk (22. Channarong Promsrikaev, 73), 17. Pansa Xemvibon, 18. Veeartxep Pompxun, 19. Patxompon Charoentrattanapirom (7. Sarachat Supachok, 46), 24. Vorachi Kanitsribumpen ( 10. Muenta Supxanat, 46)
Zaxira: 1. Tedsungnoen Sivarak, 20. Anuin Saranon, 2. Channgom Santixap, 8. Autra Picha, 15. Poeipximai Terasak, 16. Praisuvan Jakkapan, 21. Bureerat Supxanan, 25. Chamratsame Peradon, 26. Txongsong Supxan, 5. Kaman Kritsada, 11. Pxala Bordin, 13. Vonggorn Jaroensak.
Ogohlantirish: 87 - Abduqodir Husanov


YANGILASH


BUGUNGI UCHRASHUVNI USHBU HAVOLA ORQALI TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN 


Uchrashuv yakunlandi

90+5. Diyor Xolmatovning zarbasiga ozgina noaniq

 90+3. Pansa Xemvibonning zarbasi noaniq ketmoqda

90. O'zgarish: Fayzullaevning o'rniga Boltaboev maydonga tushdi

Hakam etti daqiqa qo'shmoqda

87. Ogohlantirish: Husanov ogohlantirildi va keyingi bosqichga yo'l olsak, Abduqodirsiz o'ynaymiz

85. Tailandning hujumlari kuchaymoqda

81. O'zgarish: Turg'unboev va Masharipov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Iskanderov va Abdiraxmatov maydonga tushdi

73. O'zgarish: Channarong Promsrikaev Rungrat Pxumichantukni alishtirdi

67. O'zgarish: Oston O'runovning o'rniga Xojimat Erkinov maydonga tushdi

65. GOOOOOOOOOOOOL. Abbosdan super javob!

60. Muenta Supxanatning zarbasini darvozabon ushlab oldi

59. Gol. Sarachat Supachok hisobni tenglashtirmoqda. Afsus

57. Husanov o'z uslubida to'pni kuzatib qo'ymoqda

49. Abbosdan uzatma va Ostondan zarba, biroq noaniq

46. O'zgarish: Patxompon Charoentrattanapirom va Vorachi Kanitsribumpen maydoni tark etdi, ularning o'rniga Muenta Supxanat va Sarachat Supachok maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

45. Fayzullaevning zarbasiga aniqlik etishmadi

42. Xolmatovdan ajoyib zarba, biroq ozgina aniqlik etishmadi

37. GOOOOOOOOOOOL. Xolmatovdan super-muper pas va Turg'unboevdan undan ham chiroyli gol 

30. Diyor Holmatovning zarbasini darvozabon qaytardi

25. Oston O'runovda super imkoniyat, biroq darvozabon o'z o'rnida

23. Hamrobekovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. Jamoamiz ustunlikni qo'lga kiritmoqda

22. ZARBAAAA. Masharipovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

20. Navbatdagi ajoyib imkoniyat. Bu safar ham Oston zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

18. Masharipovdan super pas berdi, biroq Oston zarba bera olmadi. Afsus...

14. Fayzullaev jarima maydonchasining ichida yiqitildi, biroq hakam jim

8. Uchrashuvdagi ilk zarbani raqiblarimiz yo'lladi. Elias Dolaxning zarbasi noaniq

6. Fayzullaev yiqitildi. Hakam esa jim. Raqib qarshi hujumga o'tib ketdi va Eshmurodov ajoyib o'yin ko'rsatdi

4. Hamrobekovdan super uzatma, biroq Fayzullaev to'pni to'xtata olmadi



UCHRASHUV BOSHLANDI! 



KhojaMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Forever Manchester United
30 jan 2024
Qushni Davlatlar bizga muxlislik qilayotgan bir paytda bu yerda 1-2 ta tupoylar Soxtakor Gulbahor deb bir birini Kamsitiyapti qachon Birlashamiz qachon katta bulasanlar Uz Davlating nomidan uynayotgan bolalarga dalda berib muxlislik qilmaysanmi??? hozirgi vaxtda zarur mi soxtakor gulbahor deb bir biringni kamsitib Uzbekiston da gaz tugaydi svet tugaydi lekin ongi past dalbayoblar tugamaydi
Бахтийор Ашуров
30 jan 2024
Кейинги ўйинлаодаям термамизнинг омадини берсин!
WalveRine-_-6
30 jan 2024
Terma jamoamiz 100% kuchi bilan oynamadi. Bolla ozlari xohlashganda qoshishdi, hisobdan kelib chiqib oynaldi 2-goldan keyin. 1-taymda kordik qanaqa oyin qila olishini termamizni. Oyin yaxshi boldi. Kechagi Qatarni oyinidan kora ancha jonliroq oynadi bizni termamiz.
uzbek futboli jinnisi
30 jan 2024
Abduqodir endi nechta o'yinni o'tkazib yuboradi 2 tami
Rahimjon85
30 jan 2024
Танкитчилар бугун кузларингни каттик кисинглар хопми.