O'zbekiston terma jamoasi va "Patum Yunayted" klubi azosi Igor Sergeev Qatarda yana bir oy qolishi malum bo'ldi. Avstraliyaga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olgan futbolchimiz Igor Sergeev operaciyadan keyingi tiklanish jarayoni uchun yana bir oy Qatarning Doha shahrida qolishi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz Igor Sergeev bir hafta avval Dohadagi mashhur "Aspetar" shifoxonasida AQSHlik taniqli jarroh Zikria Bashir tomonidan muvaffaqiyatli operaciya qilingan edi. Shifokorlarning malum qilishicha, Igor maydonga qaytishi uchun 8 oy muddat talab qilinadi.
Izohlar