O'zbekiston terma jamoasining Qatarga qarshi o'yinoldi matbuot anjumani (to'liq)

Tolibjon Qosimov
13 nov 2024
Ertaga, 14 noyabr kuni O'zbekiston MTJ JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 5-turi doirasida Qatar mehmoni bo'lishidan xabaringiz bor.

Biroz avval "Jassim Bin Hamad" stadionining matbuot anjumani zalida terma jamoamiz yordamchi murrabiyi Vlado Radmanovich ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unga futbolchimiz Otabek Shukurov hamrohliq qildi.


"Srechko Katanec matbuot anjumaniga kela olmagani uchun uzr so'raymiz. Ustozimiz sog'lig'i bilan kichik muammo bo'lgani uchun shifokorlar tavsiyasiga ko'ra kela olmadi. Barcha savollarga o'zim javob beraman. Ertaga oldimizda muhim o'yin kutib turibdi. Ikki terma jamoa uchun ham o'yin juda katta ahamiyatga ega. Biz ertangi o'yinga tayyormiz", – dedi Vlado Radmanovich.

"O'yinga tayyormiz, muhimi, asosiy tarkib jam bo'lgan. Men va jamoadoshlarim ertangi o'yinga tayyor", – deydi Otabek Shukurov.


- O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan etakchilik qilyapti. Osiyo Kubogining amaldagi g'olibiga qarshi qanday o'yin kutyapsizlar?

- Qatarning saralashdagi to'rtta o'yinini ko'rib chiqdik. Bizning vazifamiz – mag'lubiyatga uchramaslik. Buni yaxshi natija deb aytgan bo'lardik. Umuman olganda, Qatar yaxshi terma jamoa, ammo O'zbekiston terma jamoasi ham yaxshi holatda bu o'yinga etib kelgan.

- O'zbekiston MTJ so'nggi yillarda o'sib boryapti. Har doim sizlarga biroz omad etishmay kelgan. Bugun siz qanchalik JCHga tayyorsiz?

- Biz uch yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan birgamiz. O'zbekiston chempionati va legionerlarini yaxshilab kuzatgan holda bugungi tarkibni shakllantirganmiz. Menimcha, O'zbekiston JCHga chiqishga tayyor.

- Qatar terma jamoasining bugungi holati yaxshi emas, aksincha, O'zbekiston yaxshi holatda. Bu ortiqcha bosim bermaydimi? Bundan tashqari, Qatarning hujum chizig'i ancha kuchli. Sizlar bunga qarshi qanday chora ko'rishingiz mumkin?

- Juda ham qiyin guruhdan o'rin olganmiz. Har bir o'yin biz uchun jiddiy. Eron, Qatar va BAA kabi terma jamoalarning saviyasi bir xil. Bitta xato uchrashuv natijasiga tasir o'tkazishi mumkinligini bilgan holda harakat qilamiz.

- Otabek Shukurovga savol. Ertangi o'yin revansh rolini o'ynaydimi?

- Osiyo Kubogi boshqa musobaqa. U erda biz penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berganmiz. Bu – lotereya. Ertangi o'yin esa boshqa. Biz JCHga chiqish yo'lida maydonga chiqamiz.





Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Anvarbek Xomidov
13 nov 2024
Tan olaylik Katanes milliy termamizni avvalgilardan koʻra yaxshiroq boshqaryabdi. Toʻgʻri oxirgi oʻyinlarda biroz pastladik. Ammo termamiz mazmumliroq oʻyin oʻynashni boshladi. UFA jahon chempionati yoʻllanmasini olish boʻyicha kelishgan murabbiy bilan, qanday qilib ekanligini emas. Qolganini murabbiy hal qiladi. Muhimi chiqsin. Katanets va uning jamoasi ham kelishuv boʻyicha ish qilyabdi. Ogʻir kasallikka qaramasdan oʻzida kuch topa olyabdi. Odamgarchilik jihatdan men Katanets tomondaman. U ham oʻz oldiga shu termani JCh ga olib chiqib olay keyin yigʻishtiraman deb qoʻygandir. Biz JCh ga chiqsak u ham oʻz hayot yoʻlidagi bir katta natijaga erishganini qalban his qiladi. Olgʻa Katanes, Olgʻa Oʻzbekiston!
Mukhammadjonov Ayubkhon
13 nov 2024
G'alabaga o'ynelar, mag'lub bo'lmaslikni o'ylash qo'rquv belgisi
Андижан
13 nov 2024
Катанецни соглиги ёмонлиги учун у́з ишига иштиёк колмаган бошка тренер тайинланиши керак
SHuxrat Samadov
13 nov 2024
Katanesga sog tilayman. Avvaliga nisbatan ancha ozib qolgan.
Хигматулло Ниматуллоевич
13 nov 2024
Касал булса-хам жамоа билан ушаердаку у уз ишини киляпти. Мухими яхши кайфият ва ижобий натижа. Омад Сизларга ер булсин йигитлар!