O'zbekistonda 5 yildan beri yoshi "urilgan" 8 nafar futbolchi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
14 feb 2025
Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 5887-son Farmonida mamlakatda futbolni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan muammolardan biri sifatida futbol musobaqalarida qatnashuvchi sportchining biologik yoshini suniy kichraytirish masalasi ham keltirilgan hamda bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Liga mazkur masalada 2020 yildan buyon Adliya organlari bilan hamkorlikda ishlab, har mavsum so'ngida o'zining ilk professional mehnat shartnomasini imzolagan futbolchilar ro'yxatini shakllantiradi hamda ular orasidan yoshi kichraytirilgan futbolchilarni aniqlaydi. Xuddi shu tartibda Liga 2024 yilgi mavsumda ilk professional shartnomasini imzolagan futbolchilar ro'yxatini Adliya organlariga taqdim etgandi. Aniqlanishicha, ro'yxatda mavjud bo'lgan 364 nafar futbolchidan faqatgina bir nafarida bu kabi muammo mavjud. Yani, futbolchi aslida 2004 yil tug'ilgan bo'lsa-da, uning 2006 yilda tug'ilganligini tasdiqlovchi hujjat Liga ro'yxatidan o'tkazilgan. 

Adliya vazirligi mazkur xulosani taqdim etgach, Liga futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan klubdan uning tegishli hujjatlarini haqiqiy tug'ilgan yili bo'yicha qonun doirasida rasmiylashtirishni taminlashni shu yilning 7 fevral sanasiga qadar amalga oshirishni talab qilgandi. O'tgan davr mobaynida klub hamda futbolchining ota-onasi mazkur qonun buzilish holatini bartaraf etish ustida ish olib bordi va uning hujjatlari haqiqiy tug'ilgan yili bo'yicha rasmiylashtirilishi taminlandi. 

Malumot uchun, Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Liga 2020 yildan buyon bir qator futbolchilarni o'z hujjatlarini haqiqiy tug'ilgan yili bo'yicha rasmiylashtirilishiga erishdi: 

2020: 1 nafar (Qashqadaryo viloyati)

2021: 3 nafar (Jizzaxdan 2 nafar va Toshkent viloyati)

2023: 3 nafar (Qashqadaryodan 2 nafar va Samarqand viloyati)

2024: 1 nafar (Toshkent viloyati). 

Liga futbolni rivojlantirish yo'lidagi Prezident qaror hamda farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash yo'lidagi hamkorligi uchun Adliya vazirligiga minnatdorchilik bildiradi. Ishonamizki, raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar sabab yaqin yillarda bu kabi muammolar to'liq bartaraf etiladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: pfl.uz

Izohlar

{ CHELSEA }
14 feb
Qaysi futbolchi ekanligini ham yozmesilarmi...
Jahongir achilov Achilov
14 feb
Nima bupti xay shunga uzlaringa uzing kutingni kovlab yurlaring
Otabek Uzoqov
14 feb
U20 Oʻzbekiston TJ da ham shunaqalardan 3 tasi borga oʻxshaydi.Lekin oʻyini 0 ! Bunaqa qilib natijaga erishgani kerakmas kamiga kecha Hakamlar yordami bn yutti Biz Qatar Mtjni qanday Ayblasak Butun Osiyo bizni shunday ayblayapti xozir!!!!
Привет
14 feb
Исм фамилияларини ёзманглар балки ФАЛОНЧИ нинг фарзанди ёки набирали чикиб колиш мумкин!!!
Obidjon
14 feb
Oʻgʻirlik, qotillik,buzuqlik xullas nima ayb qilsayam ismini yashirib yozaveringlar. Ular yana shu narsani takrorlayveradi. Yoshi urilgan boʻlsa ochiqchasiga yozmaysizlarmi. Shuning uchun oʻsmirlar yoshlar termasida porlagan "yulduzcha"lar koʻpchiligi keyinchalik yoʻq boʻlib ketadi bizda.