Pairav Vohidov: "Kamroq xato qilib, imkoniyatlardan ko'proq foydalangan jamoa g'alaba qozonadi"

Оқил Абдубарноев
20 sep 2024
Futzal bo'yicha jahon chempionati "E" guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya – Tojikiston (3:2) uchrashuvidan so'ng tojikistonliklar bosh murabbiyi Pairav Vohidov mikst-zonada saytimizga intervyu berdi.

"O'yin yaxshi va raqobatbardosh ruhda o'tdi. Shogirdlarim yaxshi o'yin namoyish etishdi, hatto hisobni tenglashtirishga yaqin kelishdi. Kim kamroq xato qilib, imkoniyatlardan ko'proq foydalansa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi, bugun shunday hodisa ro'y berdi.

Oldinda yana bir o'yinimiz bor. Hech bo'lmaganda, mundialdagi ishtirokimizni g'alaba bilan yakunlash uchun 3 ochko qo'lga kiritishga harakat qilamiz. 

Bizda individual hamda jamoaviy xatolar sodir bo'ldi. Balki bu hayajon tasiridandir. Portugaliyaning saviyasi ko'p narsani aytib turibdi. 

Endi 3-turdagi raqib - Panamaning Marokash va Portugaliyaga qarshi o'yinlarini tahlil qilishga harakat qilamiz. Ularning zaif tomonlarini aniqlab, g'alaba qozonamiz degan umiddaman", dedi mutaxassis.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Mirik Khikmatov
20 sep 2024
3чи урин билан кейинги боскичга чикиш учун яхши имконият бор хали