"Paxtakor" yarim himoyachisi Qirg'iz Respublikasining eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga nomzodlar qatorida

Оқил Абдубарноев
15 dec 2023
19 yoshli yigitga raqiblar orasida "Galatasaroy" azosi ham bor.

"Paxtakor" klubi yosh futbolchisi Kimi Merk Qirg'iz Respublikasining eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga davogarlar qatoridan o'rin egallagan.

Nomzodlar orasida "Dordoy" darvozaboni Sultan Chomoev hamda "Galatasaroy" hujumchisi Beknaz Almazbekov ham bor.

Shuningdek, ayollar futboli bo'yicha eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun "Bunyodkor" azosi Irisbek qizi Kenjebubu kurash olib boradi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Qopqoq: t.me/kfu_kg

Izohlar

Chelsea Pakhtakor
15 dec 2023
Paxtakorga kelishidan oldingi oʻyinlari xisobga olingandur
sharipov odil
15 dec 2023
Тарма жамоадаги ўйинлари хисобига асосан
Liverol Motor Oil
15 dec 2023
Қирғистоннинг энг яхши ёшларидан бири Қирғизистонда уйнагани маъқул. Мавсум бошида Банашак,Кухарчик,Мерк,Сноувордеен деб лақиллатишди. Шулардан кура узимизнинг Аббос 100 000 марта яхши экан.
STERILOK
15 dec 2023
Захирада утиргани йилни энг яхшиси деб элон килишадими
Либеро
15 dec 2023
Мерк тузукроқ майдонга тушгани хам йўқку ёки Пахтакорда юргани учуми