Pep Mourinyuga javob berdi

Aslanov Jasurbek
7 dec 2024
Pep Gvardiola Joze Mourinyuning chempionlik haqidagi gaplariga izoh berdi.

1 dekabr kuni "Liverpul" "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida taslim qildi. Uchrashuv oxirida "Enfild"ga kelgan muxlislar Pepga "Ertalab seni haydashadi!" deb baqirishdi. Murabbiy javob tariqasida ularga 6ta barmog'ini ko'rsatib, APLdagi chempionliklari soniga ishora qildi.

Keyinroq uni Mourinyuga solishtirgan muxlislarga javob berdi: "Menda 6ta APL sovrini bor, Mourinyuda 3ta".

Joze esa quyidagicha izoh bilan yuzlandi: "U 6ta sovrin yutgan bo'lsa, men 3ta, lekin hammasi halol. 150ta ishni ko'rib chiqishmaguncha g'alabalarni xohlamagan bo'lardim".


"Bu xazil edi. Ammo endi u ham "Manchester Siti"ni quyi ligaga jo'natishni xohlovchilar ro'yxatida. Men Jozega shunday degan bo'lardim: Biz aybsizmiz, hali hech narsa isbotlangani yo'q. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz.

Bu xazil bo'lgan. Men "Siti", u "Chelsi" bilan yutgan sovrinlari uchun ser Aleks Fergyuson va Arsen Venger bilan bir stolda o'tirishga loyiqmiz deb o'ylayman.

Agar Jozeni xafa qilgan bo'lsam, afsusdaman. Ammo bu xazil edi. Ammo men 6ta, u esa 3ta sovrin yutgan. Bu fakt" - dedi Gvardiola.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: City Xtra

Izohlar

. ::Abu Rayyon::.
7 dec 2024
Ferguson va Venger bilan bitta stolda?)))) Jakuy bo'lib o'tirardi ularni yonida!
Arsenal london drujba
7 dec 2024
Gvardiolada tushkin kayfiyat hozirda.
Uzbek
7 dec 2024
Моуриньо Пепнинг тики-такасига қарши чиқолган биринчи мураббий.
MX
7 dec 2024
Shunchaki qoyil Pepga
Abdunazar.
7 dec 2024
Urishmangizlar)) Liverpulni o'yini qoldirildi, (darrag bo'roni) bulayapti))
Futbol Uchun
7 dec 2024
Пеп факт асосланиб айтган ва Моурни камситиш нияти бўлмаган деб ўйлайман,фақат Моур ,,Бошқачароқ" (Special one) инсон шунинг учун бу гапларни бошқачароқ қабул қилган.
Dostonbek Anvarov
7 dec 2024
Пеп гапини охиридаям бир суквобди хД