Jerar Pike madridliklarning hakamlikdan noroziligi bo'yicha fikr bildirdi. Avvalroq, "Real Madrid" Ispaniya futbol federaciyasiga "Espanol"ga qarshi o'yindagi hakamlik bo'yicha shikoyat kiritgandi.
"Real" qilgan shikoyat – tutunga o'xshaydi. Ular 120 yildan beri shunaqa qilishadi. "Real" nimadir o'xshamasa, darrov shu yo'lga o'tadi, biz bunga o'rganib qolganmiz.
"Barselona" tarixidagi eng zo'r o'yin "Real"ga qarshi 6:2 hisobida yakunlangan. "Real Madrid" tarixadagi eng zo'r gol esa ofsayddan kiritilgan (Predrag Myatovichning "Yuventus"ga urgan goli), o'shanda hech qanday bayonotlar bo'lmagandi", -deydi Jerar Pike.
Izohlar