Pochettino: "Infantino AQSH prezidentiga Jahon chempionatida g'olib bo'lishimiz mumkinligini aytdi. Bu javobdan biroz xafa bo'ldim"

I.J.I
18 mar 2025
AQSH terma jamoasi murabbiyining bundan biroz jahli chiqdi.

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi  Maurisio Pochettino 2026 yilgi Jahon chempionatida bo'ladigan bosim haqida gapirdi. Murabbiy AQSH va FIFA prezidentlari o'rtasidagi suhbat haqida ham o'z fikrini bildirdi.

"Men AQSH prezidenti Donald Tramp va FIFA prezidenti Janni Infantino o'rtasidagi suhbatni eshitdim. Tramp FIFA prezidentidan "Biz Jahon chempionatida g'olib bo'la olamizmi?" deb so'radi. Infantino esa "Ha" deb javob berdi. Bu javobdan xafsalam pir bo'lib ketdi, biroz xafa bo'ldim. Infantinodan "Bu savolni murabbiyingizdan so'rang, u xolisroq javob beradi", -degan javobni kutgandim.

Mezbon bo'lganimiz uchun bosim bo'lishi aniq. Bu millat g'alaba bilan to'la, mentalitet faqat g'alabani qabul qiladi. Amerikaliklar nimada ishtirok etishsa, ular faqat g'alabani istashadi. Bu esa boim berishi aniq. Demak, biz bu jarayonda adrenalin his qilamiz", -deydi Maurisio Pochettino.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: BBC

Izohlar

Ўзбек футболининг муҳлиси
18 mar
Америкаликлар ҳамма соҳада ғолиб, фақат футболда эмас!
Buxoro siti
18 mar
Пора таклиф килганми Нима трамп
Odilbek Abdushukurov
18 mar
Pora berib, hakamlarni sotib olsa ham iloji yo‘q, AQSHdan zo‘r jamoalar ham jahon chempioni bo‘lolmayapti-yu..
Odilbek Abdushukurov
18 mar
FIFA amaldorlari poraxo‘rlikda biznikilardan ham o‘tsa o‘tadiki, aslo qolishmaydi..
ishonch
18 mar
Жаҳон рейтингида кучли 30 та терма жамоа мундиалда қатнашмаса, АҚШ жаҳон биринчилигида чемпион бўлади. Манимча Инфантино Трампга аёллар ўртасидаги Жаҳон чемпионлигини назарда тутган бўлса ажабмас.