PSJ murabbiyi: Futboldagi natijalar bazida adolatsiz bo'ladi

Khoja
6 mar 2025
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Liverpulga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Adolatsiz natija. Menimcha, bu uchrashuv ECHLdagi eng ideal o'yinimiz bo'ldi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi so'zsiz raqib darvozaboni.

Jamoamning ko'rsatgan o'yinidan faxrlanaman. Endi bor etiborimizni javob uchrashuviga qaratishimiz kerak. Bugun raqibdan ancha yaxshi harakat qildik. Biroq g'alabani ular qo'lga kiritishdi. Barchasi javob uchrashuvda hal bo'ladi, - dedi PSJ bosh murabbiyi.

Eslatib o'tamiz, kechagi uchrashuvda PSJ futbolchilari jami 28 ta zarba yo'llashdi. Bahs davomida Alisson 9 ta seyv qilishga erishdi. Mehmonlar esa bitta aniq zarba yo'llab, gol urishdi.


KhojaMaqola muallifi
Muqova: championat.com

Izohlar

Azizjon Turgunov
6 mar
xa PSG endi kamanda bo'lip rivojlanvotti oldingide kimmidir qosh-qosvog'iga qarami, taxminimcha kecha Liverpul o'rniga boshqa klub bo'ganida kamida 3ta o'tqizishi mumkunidi.
Асилбек Муминов
6 mar
Коган ишди насиб буса энфилдда тугатиб куямиз
Abdunazar.
6 mar
90 daqiqa, 1,5 soat tuxtamay hujum qilish, juda katta jismoniy kuch talab qiladi, psj bunday darajaga qanday erishdi, leykin juda qiyin bulsa ham liverpul turib berdi.
Dostonbek Anvаrоv
6 mar
Баттар босин псж бир пайтлар Мессини хайдагани учун
Mirzofantasy
6 mar
Keyingi yilga juda kuchli bolsa kerak, hozir oyinchilarni yoshligi pand beradi baribir. Bunaqa yosh komanda chempion bolganini eslolmayman, 1-2 yilda lekin mukammal boladi