Osiyo Kubogi. Qatar – O'zbekiston uchrashuviga hakamlar tayinlandi

Omonjon To`xtamirzayev
1 feb 2024
Qatar yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo Kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan Qatar – O'zbekiston o'yinini koreyalik hakamlar brigadasi boshqaradi.

Unga hamyurtlari Yon Jae Yol hamda Park Sang Jun yordam berishsa, zaxira hakami sifatida quvaytlik Abdulla Jamali ishlaydi. Shuningdek, uchrashuv VAR hakami vazifasini Kim Jong Xeok (Janubiy Koreya) bajarsa, AVAR sifatida quvaytlik Ahmad Alali ishlashi ko'zda tutilgan.

Malumot uchun, Kim Xi Gon joriy mavsum jami 5 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to'g'ri keladi. Joriy mavsum ishlagan o'yinlari davomida ushbu hakam cho'ntagidan jami 15 marta sariq kartochka, 1 bor qizil kartochka chiqargan va 2 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.

Malumot uchun, Kim Xi Gon bu Osiyo kubogida Saudiya Arabistoni - Tailand uchrashuvida bosh hakam bo'ldi. 

Bundan tashqari ushbu hakam O'zbekiston klublari ishtirokidagi quyidagi o'yinlarda ishlagan: 
"Nasaf" - "Al Faysali" 3:1
"Nasaf" - "Al Vihdat" 2:0
"Xo'jand" - "So'g'diyona" 0:4
"Paxtakor" - "Eyr Fors" 2:1

Osiyo Kubogi-2023 | 1/4 final
03.02.2024 | 20:30 (Toshkent vaqti)
QATAR – O'ZBEKISTON
“Al-Bayt” stadioni, Al-Hor shahri
Bosh hakam
: Kim Xi Gon (Janubiy Koreya)
Qanot hakamlari: Yon Jae Yol, Park Sang Jun (ikkisi Janubiy Koreya)
Zaxira hakami: Abdulla Jamali (Quvayt)
VAR: Kim Jong Xeok (Janubiy Koreya)
AVAR: Ahmad Alali (Quvayt)


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: UzFHM

Izohlar

Madaliyev Abduvahob
1 feb 2024
Яхшилар яхши ният килайлик. Бу сафари Осиё кубоги биз учун омадлиси булсин .
Sayfuddinovich86
1 feb 2024
Xabarni bir yaxshilab tahrirlash kerak. Hammasi oyog'i osmondan bo'lib yotipti. ((((
Нефтчи
2 feb 2024
Факат халол хакамлик килсин ким булса хам бизни боллар борини бериб уйнаяпти Катар мезбон унга йордам бериш мусулмон инсонни ишимас агар халол булса Узбекистан чемпион буларди анча аввал
MX
1 feb 2024
Omadli hakam ekan
Ўзбек футболининг муҳлиси
1 feb 2024
Ўйинни охирида писта кўз дейишгача обормасин, яхши бошқарсин