Qirg'izistonga qarshi o'yin oldidan O'zbekiston termasida yo'qotish(lar)

I.J.I
18 mar 2025
Gap ikki nafar futbolchi haqida ketmoqda.

JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yin oldidan O'zbekiston termasi safida ikki yo'qotish bo'lishi mumkin. 

Malumotlarga ko'ra, Sherzod Nasrullaev klubda olgan jarohatidan to'liq qutula olmagan. U Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida. Bu haqda Narzulla Saydullaev o'zining telegram kanalida malum qildi.

Bundan tashqari, Oston O'runov ham bugungi mashg'ulotlarda noqulaylik sezgan. 

Malumot uchun, Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yin 20 mart kuni, soat 21:00da boshlanadi.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: https://t.me/PenaltyNarzulla

Izohlar

Odilbek Abdushukurov
18 mar
Yo‘ldoshev bilan Fayzullayev o‘ynayveradi o‘rnida, ularga o‘z sog‘lig‘i muhim, birinchi navbatda.
Shuhrad Yuldashev
18 mar
Остон хафа булмагинку ука шу термага чакиргандан бери Бир нормальный у́йин у́тказмадинг. Качон караса жарохат. Просто Бир у́йинчини жойини эгаллаб турибсан. Бу мени шахсий фикрим. Яна билмадим.
насрилло
18 mar
Киргизистон тж га хурмат саклаган холда шуни айтмокчиман Узбекистон дублëр состави б-н хам ютиши аник!!!! Киргизистон га кучи етмаса ЖЧ га боришдан маъно йук!!!!
Muxammadbilol
18 mar
Bularni nega chaqirdi uzi Kopadze 2lasinyam travmasi boru uni urniga A.Ĝaniev,J.Jalolilidinov,U.Raxmonalievlar borku
Fc Muynak sity
18 mar
Киргизга карши u 20 дан уринбоевни чакириш керак эди вакти келди шу болани бобур билан зур звязка чикади файзуллаев алижоновлар карашиб турса канотда