“Qo'qon-1912” jamoasi bir nechta korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi, championat.asia esa klubning axborot hamkori

Alisher
9 mar 2021
Yangi futbol mavsumida o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan “Qo'qon-1912” jamoasi marketing borasida ko'zga ko'rinarli ishlarni amalga oshirdi.

Jamoa bir qator korxonalar va tashkilotlar bilan marketing borasida kelishuvga erishdi. Jamoa  bu mavsum o'z texnik hamkoriga ega bo'ldi. Toshkent viloyatida joylashgan “BAZIS” kompaniyasi jamoamizning texnik hamkoriga aylandi.  Yangi uy-joylarni qurishga ixtisoslashgan bu kompaniyaning logotipi jamoamizning liboslaridan o'rin oldi.

Shuningdek  “FUTURE GROWTH”  , “7 MEDIA”, “DRIVERS VILLAGE”, “ASIA LUXE”, “UZMILL LTD”, “ISHONCH” do'konlar tarmog'i hamda “YAPROQ” brendi jamoamizning bu mavsumdagi tijorat hamkorlari hisoblanishadi. Barcha futbol muxlislarining sevimli sayti bo'lgan “CHAMPIONAT.ASIA” portali jamoamizning yangi mavsumdagi axborot hamkoriga aylandi. Yuqorida nomlari keltirilgan  kompaniyalarning  reklamalari stadionimizda joylashgan barcha reklama tablolaridan hamda matubot anjumanlari , flesh-intervyular uchun tayyorlangan reklama bannerlaridan va  uchrashuvlarga chiqarilgan chiptalardan o'rin oladi. Shu bilan birgalikda “Qo'qon-1912” jamoasi hali titul xomiysiga ega bo'lmaganligini ham malum qilamiz. Titul xomiyning logotiplari jamoamiz liboslarining oldi qismidan joy oladi.

Bizning eshiklarimiz  barcha tadbirkorlar uchun ochiq.  O'z mahsulotlarini jamoamiz bilan hamkorlikda reklama qilishni hohlovchi tadbirkorlarni jamoamizning marketing bo'limiga murojaat qilishga chorlab qolamiz.

Bizning aloqa telefonlarimiz  +99891 691 37 82, + 99890 351 02 20


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati


AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Shodlik
9 mar 2021
Qoqonga omad sovrinli o'rinla nasib qilsin Hudo hohlasa 4 turda boraman Qoqon Bunyodkor o'yindan oldin xar doimgide Marokesh choyxonasida xaqiyqi palovni yiyman
azamlawer
9 mar 2021
Мана шунақа ишлаш керак. Ишбилармонлик шунақа бўлади. Давлатдан пул сўрамай ишлашни ўргансин бошқа клублар ҳам
Саид бурхон
9 mar 2021
ОЛГА КОКОН 1912!
Muhriddin Akbarov
9 mar 2021
Yaproq paypoqlarni kiyib oynerkanda olaaa
Шухрат Эргашев
9 mar 2021
Нима булган такдирда хам хурсанд булишимиз керак, аста аста профессионаллик бизнинг клубларимизга хам кириб келмокда. Клубларимиз хам "бокамандалик"дан кочиш керак, бунинг учун клуб президенти чаккон ва халол булиши керак.
fc Surxon
9 mar 2021
Ha malades asta asta hamma klublarimiz marketingni rivojlantirsa klublarni xususiylashishi tezlashadi
Хусан-1
9 mar 2021
Нима булганда хам харакат килаётган .Берсанг ейман Урсанг уламан демасдан харакат килаётган Кукон-1912 жамоасига омад тилайман.Олга Хамиша.(нефтчи мухлиси).
Belconnen FC
9 mar 2021
Klublarimiz qimirlab qolibdi, ko'z tegmasin.
futboluzb
9 mar 2021
Футболимизни ривожланиши Давлатимизни ривожланишига жуда хам боглик юртимизда канча бой ташкилот ва компаниялар ку́пайса футбол жамоаларимизнинг бизнесс хамкорлари хам ку́паяди
Одилхон Мухиддинов
9 mar 2021
Яҳши иш бўлиптику. Энди жамоамиз ҳақидаги ҳар қандай янгиликлар СА дан ўрин оладиканда. Ҳурсанд бўлдик.