Rafinya kim sabab "Barselona"ga o'tganini aytdi

Alisher
9 feb 2025
"Barselona" forvardi Rafinya kim sabab Kataloniya klubiga kelganini aytdi.

Rafinyaning so'zlariga ko'ra, Xavi unga qimmatli maslahatlar bergan. Aks holda, o'yinchi boshqa jamoada o'ynagan bo'lardi.

"Agar Xavi bo'lmaganda, bu erda o'ynamagan bo'lardim. Xavi "Barselona"da o'zimni namoyon qila olishimga ko'ndirgan", - dedi braziliyalik.

Rafinya 2022 yildan beri "Barselona"da o'ynamoqda. Futbolchi joriy mavsum 34ta o'yinda 23ta gol urdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: lequipe.fr

Izohlar

M.B
9 feb
Хозирги Барсани кучли уйинига айнан Хави сабаб ! Хави кийин пайтда келди янги футболчилар кашф килди жамоа шакллантирди ва кетди
Liverol Motor Oil
9 feb
Рафиньянинг бу мавсумдаги прогрессига просто респект! Ростакам қуша олди. Жамоанинг асосий юлдузи
Баходиржон 1912
9 feb
Спорт Твни телни айтиб юборилар.