Rasman: "Bunyodkor" gruziyalik futbolchilar transferini elon qildi

Sherzod Nurmatov
10 jan 2025
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoa safiga gruziyalik "qaldirg'ochlar" kelib qo'shildi.

Gruziyaning milliy va turli yoshdagi terma jamoalari safida to'p tepgan Nikoloz Mali hamda so'nggi mavsumni qo'shni Qozog'istonda o'tkazgan Imeda Ashortia 2025 yilgi mavsum "Bunyodkor" libosini kiyadi.

NIKOLOZ MALI

Tug'ilgan sanasi: 27.01.1999

Fuqaroligi: Gruziya

Ampluasi: himoyachi

Bo'yi: 174 sm. Vazni: 72 kg

So'nggi jamoasi: "Dinamo" Batumi (Gruziya)

Gruziya U-18, U-19, U-21 va milliy terma jamoasida to'p tepgan.


IMEDA ASHORTIA

Tug'ilgan sanasi: 30.10.1996

Fuqaroligi: Gruziya

Ampluasi: hujumchi

Bo'yi: 183 sm. Vazni: 75 kg

Oxirgi jamoasi: "Shaxtyor" Qarag'anda (Qozog'iston)


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: "Бунёдкор" матбуот хизмати

Izohlar

Haqiqat019
10 jan
Yoshlardan Bugun mashg’ulotta o’tgan yili Okmk da OChlda uynagan Fozilov Abdurahmon og’li yugurib yuripdi, bo’yi baland harakterlik bola ekan mashg’ulotda Adasiga o’xshab ovozi bilan eshtilib turdi, bu yil Bunyodkor ancha kuchaydi, Yana 2 metrlik himoyachi ogan
Bexzodbek Xoldarov
11 jan
xa xaaa Xusanovdan 2% mablag keladida Bunyodkorga olga Uzb klublari.
Ас. Мтв
10 jan
Зўр.
Arsenal
10 jan
Rasman Abduqodir man city fudbolchisi uraaaaa
БЕК@
10 jan
Бунёдкорда пул кўпда энди. Трансферлар қиляпди