Rasman: "Metallurg"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

I.J.I
12 jul 2024
Bekobod klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanganini rasman elon qildi.

“Metallurg” PFK bugun taniqli futbol murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy bilan rasman shartnoma imzoladi. Mamlakatimizning etakchi futbol klublari – “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Navbahor”  hamda O'zbekiston terma jamoalaridagi faoliyati orqali muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan mutaxassis endi “Metallurg”ni mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorlaydi.

Grigoriy Anatolevich 1971 yilning 28 iyunida Toshkent shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini Toshkent viloyatining “Chirchiq”, “Sverdlovchi” jamoalarida boshlagan. Keyinchalik “Yangier”, “Traktor” futbol klublarida o'ynagan. 

2012 yildan buyon murabbiylik sohasida faoliyat yuritib kelayapti. O'zbekistondan tashqari Latviya, Xitoy Xalq Respublikasi jamoalarida ishlagan va aynan shu mamlakatlar milliy chempionatlarining sovrindori bo'lgan", -deyiladi Bekobod klubi bergan rasmiy xabarda.

Eslatib o'tamiz, Championat.asia saytining Eshitdik-da! rukni orqali Grigoriy Kolosovskiyning "Metallurg" murabbiyiga aylangani xabar qilingandi.

 Eshitdik-da. Metallurgning murabbiylar shtabi malum

Rasman: Samvel Babayanning ikki yordamchisi ham "Navbahor"ni tark etdi


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: "Металлург" клуби матбуот хизмати

Izohlar

Murodjon Ergashev
13 jul 2024
Было на мыло поменяли вот и всё,по любому как Шипилов Андрей никто не сработается с руководством клуба
Muhammadxon Mamatov
12 jul 2024
Омад
FUTBOL DAVRASIDA
12 jul 2024
Пешонаси яркираган йигит экан. Ишлаб кетади худо хохласа
Aziz Yuldashev
12 jul 2024
Омадини берсин. Лекин иккинчи даражали мураббий бўлса керак жамоада. Асосий ролда кимлиги хаммага аён
Xaqiyqat
12 jul 2024
Ха яхши Бабаян ераси тугади Металлургга омад ва сабрлар тилаймизззз