Ukraina futbol associaciyasi Sergey Rebrovning Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida elon qildi. Tomonlar shartnoma imzoladilar, uning muddati esa hali oshkor etilmadi.
Mutaxassisning debyuti 12 iyun kuni Germaniyaga qarshi o'tkaziladigan nazorat uchrashuvida bo'lib o'tadi. Evro-2024 saralashi doirasida Ukraina 16 iyun kuni Shimoliy Makedoniyaga, 19 iyun kuni esa Maltaga qarshi bahs olib boradi.
Rebrov Ukrainada Kievning "Dinamo" jamoasida muvaffaqiyatli ishladi, shundan so'ng "Al Ahli”, "Ferencvarosh" va "Al Ayn" klublarida faoliyat ko'rsatdi.
Izohlar