"Real" Abduqodir Husanov uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
6 jan 2025
"Real" mudofaa chizig'ini kuchaytirish uchun bir qator futbolchilarni o'rganmoqda.

Madridliklar bosh skauti Yuni Kalafat "Manchester Siti" jiddiy qiziqayotgan Abduqodir Xusanovning "Lans"dagi o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Jiddiy raqobat tug'diradigan yangi himoyachini olib kelish "Real" uchun o'ta muhim masala. Shu bois u Karlo Anchelotti jamoasini kuchaytirish uchun bozorni o'rganmoqda.

Aynan Yuni Kalafat 20 yoshli Husanovni nishonga olgan. "Lans" safida ishonchli harakat qilayotgan markaziy himoyachi ko'hna qitaning bir qancha gigantlari orasida furor ko'tardi. 

Himoyachiga Franciya grandi PSJ tomonidan ham qiziqish borligiga qaramay, asosiy kurash "Manchester Siti" va "Real" o'rtasidagi titanlar o'rtasida kechishi kutilmoqda.

"Lans" bosh direktori: "Husanov klubdan ketadi"


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Fichajes

Izohlar

Bobomurod Temirov
6 jan
REAL MADRIDGA KELSA YAXSHI BOLARDI BARSA MUXLISLARI O'LIB QOLDI DERDIM
Uzbekiston Uzbekiya
6 jan
Dustlar vatandoshlar Uzbek fudbol muxlislari men tush kuryapman rosti iltimos meni ugotinglar nima bulsa xam Uzbekni nomi evropada aylanmoqda bu zo'r omad Abduqdir
Mirjalol Murodov
6 jan
aniq faktmi bu yoki mish mishmi?
Baxtiyor Yuldashev
6 jan
Realga oʻtish kerak xozir ximoyachilar jaroxat olgan oʻyin amalyoti koʻp boʻladi
BEKZOD Yo‘ldoshev
6 jan
Husanovga omadan olloh turli balo qazolardan jarohatdan asrasin. Shu yulduzlik kasaliga uchramasa bo‘ldi