"Real" "Bernabeu"ning yig'iladigan chim qoplamasini ko'rsatdi. Stadionda koncertlar, basketbol o'yinlarini o'tkazsa bo'ladi

Aslanov Jasurbek
6 nov 2021
Klub stadionni rekonstrukciya qilishda davom etmoqda.

"Real Madrid" ijtimoiy tarmoqlarda "Santyago Bernabeu"ning unikal chim qoplamasi haqidagi videoroliklarni taqdim etdi. 

Yangi tizim chimni bo'laklarga bo'lgan holda er ostida joylashgan maxsus joyda saqlashga imkon beradi. Er ostida maxsus moslamalar chimni parvarish qilishda (sug'orish tizimi, fitolampalar) davom etadi. Barcha jarayon avtomatlashtirilgan. 

Bundan tashqari klub stadiondan maksimal foyda olish maqsadida bu erda kibersport bilan shug'ullanish tizim, restoranlar, do'konlar va muzey tashkil qilmoqchi. Rejaga ko'ra, stadion yiliga 300 kun ishlaydi. Hayratlanarlisi shuki, stadionda basketbol va tennis o'yinlari ham o'tkazish rejalashtirilgan. Videoda stadion qanday qilib o'z shaklini basketbol maydoni yoki tennis kortiga aylantirganini ko'rish mumkin. "Real Madrid"ning hisob-kitoblariga qaraganda, ushbu qo'shimcha imkoniyatlar yiliga qo'shimcha 150 mln evro daromad olib keladi.

Yaxshisi, videoni o'zingiz ko'rganingiz maqul:



Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: www.realmadrid.com

Izohlar

Aндижoн
6 nov 2021
Зур чикибди
⁷7777⁷
6 nov 2021
Shunchaki daxshat
Temur Soliyev
6 nov 2021
АГМЕни чими зўр бундан
Temur Soliyev
6 nov 2021
АГМКни чими зўр бундан
Gooooooooooooooooool
6 nov 2021
Bugungi g'alaba bilan butun O'zbekistondagi Bahrayn jamoasining muxlislarini tabriklayman! Davomli bo'lsin!
Kardinal
6 nov 2021
Биздаям бор Бунёдкор стадиони
Davronbek Beshariq
6 nov 2021
Ээээ .. койиииилл гап суз йук. Дахшат, ЛА ЛИГА ва ЕЧЛ да омад тилаймиз. Ааа Бунёдкор стадиони бунданда дахшат.
Davronbek Beshariq
6 nov 2021
Ээээ .. койиииилл гап суз йук. Дахшат, ЛА ЛИГА ва ЕЧЛ да омад тилаймиз. Ааа Бунёдкор стадиони бунданда дахшат.
☆_Habib_☆
6 nov 2021
Dubayi Shayxlari Xijolat - u ... Bu Yil La Ligani Yutsa Real ... Xaqiqiy Fojiya Bosa Kere , Xaqiqiyla uchun ... )))
СпортУз Премьер
6 nov 2021
Nasaf yutqizganiga ayrimlar mazza qilyapti, zato bizda 2 Ta Final bor bitta kubok. Silarda baklajkani qopqog'iyam yuq, xafa bomelar.
Ko'proq ko'rsatish